Falastin rasmiylari marhum rahbar Yosir Arofatning o’limida avvalo Isroildan gumonsirayapti.
Kecha Shveytsariya olimlari Arofatning jasadidan xavfli poloniy moddasi alomatlari topildi, deb chiqqan edi. Falastin sobiq yetakchisi zaharlangan bo’lishi mumkin, deyiladi olimlar xulosasida.
Xususan, to’qqiz yil oldin o’limidan oldin Arofat kattagina dozada radioaktiv poloniyni iste’mol qilgan. Bu tasodif bo’lishi mumkin emas, deyladi izlanishda.
Falastinda Arofatning o’limini tergov qilayotgan Tavfiq Tiraviy bugun Ramallohda jurnalistlar bilan uchrashib, tekshiruv davom etishini aytgan.
Falastin avvaldan voqeada Isroilni gumon qilib keladi. Biroq yahudiy davlati da’voni qat’iyan rad etadi.
Arofatning bevasi nazarida bu - siyosiy suiqasddir. Suha Arofat hech kimni ayblamaydi, biroq adolat qaror topishidan umidvor.
Yosir Arofat 2004-yilning oktabrida mazasi qochib, ko’p o’tmay komaga tushib qolgan va noyabrda 75 yoshida vafot etgan edi.