Breaking News

Amerika: Falastin Xalqaro jinoiy sudga kirib bo'lg'usi davlatiga yordam qilmaydi


Gaagada joylashgan Xalqaro jinoiy sud qatliomlar, harbiy jinoyatlar uchun odamlarni javobgarlikka tortish huquqiga ega.
Gaagada joylashgan Xalqaro jinoiy sud qatliomlar, harbiy jinoyatlar uchun odamlarni javobgarlikka tortish huquqiga ega.

Qo'shma Shtatlar nazarida Falastin ma'muriyati Xalqaro jinoiy sudga kirish uchun ariza topshirib, o'z mustaqil davlatini yaratish yo'lida olg'a qadam tashlayotgani yo'q.

Falastin bu xalqaro idoraga qo'shilsa, Isroilni harbiy jinoyatlarda ayblab chiqishi mumkin.

Falastinning BMTdagi elchisi Riyod Mansurning aytishicha, xalqaro sudga a'zolik adolat qaror topishi uchun muhim.

Bosqinchi davlat Isroil tomonidan o'ldirilgan insonlar uchun adolat talab qilamiz, deydi u.

Hafta boshida BMT Xavfsizlik Kengashi uch yilda Falastin davlatini barpo etish, Isroildan 1967-yilda bosib olingan yerlarni tark etishni talab qiluvchi rezolyutsiyani rad etgan edi.

Shundan keyin Falastin rahbari Mahmud Abbos Xalqaro jinoiy sudga qo'shilish uchun hujjat yo'lladi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bunga qarshi chora bilan chiqishini, Isroil askarlarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG