Breaking News

Parijda iqlim o'zgarishiga oid global konferensiya boshlanmoqda


Parijda iqlim sammiti boshlanmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00

Parijda BMTning Iqlim o’zgarishi konferensiyasi o’z ishini boshlamoqda. Unda qatnashuvchi barcha davlatlar 2025-yilgacha atmosferaga chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytirishga kelishib olishi kutilmoqda. Kelishuvga erishish mumkin, ammo uni amalga oshirish tartibi qanday bo’ladi?

AQSh Kongressining Tabiiy zaxiralar va iqtisodiyot qo’shma qo’mitasi a’zosi Don Beyerning aytishicha, planeta isib borayotganining salbiy oqibatlariga qarshi keskin kurash boshlanishidan umidlar katta.

“AQSh so’nggi yetti yilda karbonat gazini kamaytirish bo’yicha dunyoda eng ko’p ishni bajardi. Boshqa davlatlar ham bu masalada qattiq ishlashyapti. Parij konferensiyasidan umidlarim katta. Eng ko’p yadro chiqindilarini chiqaruvchi Xitoy va Hindiston ham o’z rejalari bilan kelmoqda”, - deydi u.

Eng katta muammolardan biri taraqqiy etayotgan davlatlarga toza energiya manbalarini rivojlantirish uchun mablag’ topish. Jorj Meyson universiteti professori Mona Sarfati buning yechimi bor, deydi.

“So’nggi 10 yilda quyosh panellaridagi fotoelementlar miqdorining o’sishi hech kim o’ylamagan darajada tez yuz berdi. Hozir quyoshdan energiya olish ko’p joylarda boshqa manbalarga qaraganda arzonroq. Demak, biz mana shu kamxarj ishlab chiqarilgan energiyani kerakli joylarga yetkazishimiz kerak. Quyosh yoki shamol bo’lsin, mana shunday toza energiya manbalari hozir mavjud”, - deydi u.

Ayni paytda qashshoq davlatlar uchun atmosferani buzayotgan gazlarni kamaytirish va iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish qimmatga tushmoqda. Tabiiy zaxiralarni himoya qilish kengashi vakili Aliya Hegga ko’ra, oson yechimning o’zi yo’q.

“Iqlim o’zgarishidan rivojlanayotgan davlatlar eng ko’p zarar ko’radi. Ular sanoatlashgan mamlakatlar yordamiga muhtoj. Chunki bugungi isishga sabab bo’layotgan chiqindilarni shu davlatlar chiqargan. Lekin bu rivojlanayotgan davlatlar zararli chiqindilarni kamaytirishni hozir boshlamasa ham bo’laveradi, degani emas. Ular buni amalga oshira olishlari uchun, iqlim o’zgarishi ta’siriga tayyor turishlari uchun zarur moliyaviy resurslarni topishlari kerak”, - deydi tadqiqotchi.

Vaziyat murakkab ekan, Fransiyada mukammal bir bitim tuzilishiga umid kam.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG