Breaking News

BMT iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda AQShni yetakchi bo'lishga undadi


Iqlim o'zgarishiga qarshi AQSh ko'rayotgan choralar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:49 0:00

Prezident Barak Obama dunyo ahlini iqlim o’zgarishiga qarshi zarur choralar ko’rishga chaqirdi. U AQSh uchun toza energiya dasturini e’lon qilib, shu masalada BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan ham uchrashdi. Pan Gi Mun bu rejani olqishlab, Vashingtonni bu masalada yetakchilik qilishga undadi.

Iqlim o’zgarib borayotgani prezident Obama va Pan Gi Mun o’rtasidagi uchrashuvning asosiy mavzusi bo’ldi. Ular shu yil Parijda bo’ladigan konferensiyada bu borada global chora-tadbirlarni olg’a surishga kelishib oldi.

“Parij anjumani muvaffaqiyatli o’tishi lozim. Farzandlarimiz va kelajak avlod nomidan jiddiy qadamlarni tashlash kerak”, - dedi AQSh rahbari.

Obama dushanba kuni e’lon qilgan dastur ko’mirda ishlaydigan zavodlarni qisqartirib, muqobil energiya ishlab chiqaruvchi stansiyalar qurishni rag’batlantiradi. Ayrim respublikachilar bu choralarga qarshi.

“Gubernatorlar ishonchli energiyaga ega bo’lishda bu muammo tug’dirishini biladi. Iqtisodiyot va ish o’rinlari uchun ham yomon. Aholi uchun energiya yanada qimmatlaydi”, - deydi senator Jon Barraso.

Sarf-xarajatlar oshishidan ham xavotir kuchli.

“Qashshoq va ishchi oilalar hamda hozirgi to’lovlarini zo’rg’a eplayotgan o’rta qatlamga salbiy ta’sir qiladi”, - deydi senator Roy Blant.

Reja BMTga ma’qul.

“Iqlim o’zgarishi bo’yicha Prezident Obamaning birinchi kundanoq jiddiy ishga kirishganini olqishlayman. Dekabrda Parij kelishuviga erishgunimizcha sizning yetakchiligingizga suyanamiz”, - dedi tashkilot Bosh kotibi Pan Gi Mun.

AQSh Xitoy bilan birga dunyoning atrof-muhitga eng ko’p chiqindi chiqaradigan mamlakati sanaladi. Bu yerda elektr energiyasining uchdan bir qismi ko’mirdan olinadi. Shamol va quyosh kabi muqobil manbalardan olinadigan quvvat esa faqat 5 foizni tashkil qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG