Breaking News

Yetti kilometrli temir yo'l tomosha maydoniga aylangan


Turizm: Pensilvaniya temir yo'l muzeyida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00

Turizm: Pensilvaniya temir yo'l muzeyida

Bug’da harakatlanuvchi eskicha poyezdlar hamon ko’pchilikni o’ziga tortadi. Amerika poyezdlari 175 yil ko’mir bilan yurgan. Temir yo’l qurilishi 1830-yillarda, mamlakatning garbiy qismi kengayishi, sanoat inqilobi davrida boshlangan. Pensilvaniya shtatidagi Strasburg temir yo’llari qadimgi liniya bo’lsa-da, eng qisqa marshrut, atigi yetti kilometr.

Pensilvaniya shtatidagi bu temir yo’l 1832-yilda ochilgan. Ko’rinishidan kecha qurilganday.

“Yo’lovchilar XX asrga tushib qolganday his qilishini, o’sha davr poyezdlarida yurishini astoydil istaymiz”, - deydi Strasburg stansiyasi menejeri Stiv Barrall.

Poyezdda bir nechta bug’da ishlaydigan motorlar, vagonlarda o’z davriga xos yog’och o’rindiqlar bor. 45 daqiqa qishloqlarda aylantiradi.

Temir yo’l marshruti qisqaligi bilan mashhur. Yo’lovchilarga yo’nalish almashtirish, katta shaharlarga tezda yetish uchun qulay.

“Strasburg liniyalari bir vaqtlar odamlarni dunyo bilan bog’lagan”, - deydi Stiv Barrell.

O’sha davrda ham boy yo’lovchilar uchun lyuks kabinalar bo’lgan.

“Poyezdlar mamlakatning ajralmas qismi bo’lgan. Butun dunyoda shunday. Tarixga qaytib poyezdlar qanday harakatlanganini ko’rish, bilish yaxshi”, - deydi Robert ismli yo’lovchi.

“O’tmishga borib kelganday bo’lasiz”, - deydi yana bir yo’lovchi, Karol.

“Judayam maza qildik. Hamma narsa boshqacha ishlangan. Tarixga qaytasiz”, - deydi yo’lovchi Polli.

Poyezd yo’li yoqasida Pensilvaniya temir yo’llari muzeyi bor. AQShdagi eng yirik temir yo’l muzeyi mamlakatning shimoli-sharqini yoritadi.

“100 ga yaqin uskuna, yo’lovchi va yuk tashuvchi vagonlar, bug’da yuradigan lokomotiv kabi eksponatlar o’z hajmida qo’yilgan. Shuningdek, xodimlar formasi, idish-tovoqlar ham bor”, - deydi muzey direktori Patrik Morrison.

Lokomotivlarga ilgari ham qiziqish katta bo’lgan. Bug’da harakatlanayotgan lokomotivlar hamon ko’pchilikni jalb qiladi.

“Bir nechta yuk va yo’lovchi tashuvchi vagonlarni sudraydigan bahaybat narsalarni ko’rish xalqni doim hayratga solgan”, - deydi Patrik Morrison.

Poyezdlardagi eng oxirgi, ekipaj uchun mo’ljallangan vagonlar mehmonxona.

Sayohatga kelganlar 35 qismli g’aroyib vagonlardan iborat maskanda, maxsus mehmonxonada tunashi mumkin. Ularni shinam xonalarga aylantirishgan.

“Tomoshaga kelganlar shu vagonlarda bir kecha qolishi mumkin. Xuddi muzeyda uxlaganday. Bu kichik mehmonxonalar Amerikadagi eng yirik xususiy kolleksiya sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan”, - deydi obyekt egasi Tayler Prikett.

Sayohatchilar qadami uzilmaydi , bu yer doim gavjum.

“Poyezdda aylanib manzarani ko’rish juda maroqli, juda yoqimli”, - deydi tomoshaga kelganlardan biri, Richard.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG