Breaking News

Filippin rahbari Amerika harbiylarini haydamoqchi


Joriy yilning iyunida hokimiyatga kelgan Duterte Amerika xavfsizlik siyosatini tanqid qilib, Vashington bilan orasi tarang bo'lib qolgan.
Joriy yilning iyunida hokimiyatga kelgan Duterte Amerika xavfsizlik siyosatini tanqid qilib, Vashington bilan orasi tarang bo'lib qolgan.

Filippin prezidenti mamlakat janubidan amerikalik harbiylarni haydamoqchi. Hududda Abu Sayyaf jangari to'dasiga qarshi kurash ketmoqda. Amerikalik harbiylar esa bu kurashda mahalliy armiyaga maslahat berib keladi.

Prezident Rodrigo Dutertening aytishicha, musulmon jangarilar bosh ko'targanida Amerika harbiylari aybdor. Filippin rahbari amerikalik ekspertlar mamlakatni qachon tark etishi kerakligi haqida lom-mim demadi. Biroq, deydi u, aynan shu harbiylar "Islomiy davlat"ga aloqador Abu Sayyafning asabini va g'azabini qo'zg'atmoqda. Asosiy o'lja ham ana shu amerikalik ekspertlar, deydi prezident.

"Maxsus kuchlar ketishi kerak... Amerika bilan orani buzishni xohlamayman, lekin ular ketsin... Musulmon jangarilar amerikalik harbiylarni ko'rib, ularni o'g'irlashga, evaziga pul undirib, so'ng o'ldirishga harakat qiladi", - deydi Duterte.

Joriy yilning iyunida hokimiyatga kelgan Duterte Amerika xavfsizlik siyosatini tanqid qilib, Vashington bilan orasi tarang bo'lib qolgan. Saylovoldi kampaniyasi paytida u tashqi siyosatda Amerikaga suyanmaslik yo'lidan borishga va'da bergan edi.

Amerika va Filippin o'nlab yillardan beri yaqin hamkorlar. 2002-yilda AQSh al-Qoidaga aloqador Abu Sayyaf to'dasiga qarshi kurash uchun Filippinga qo'shin yuborgan. Ular mahalliy armiyani mashqdan o'tkazib, razvedka ma'lumoti va qurol bilan ta'minlab kelgan.

2015-yil fevralida Qo'shma Shtatlar harbiylari mamlakatni tark etgan va bugun faqat oz sonli harbiy ekspertlar qolmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG