Breaking News

Filippindagi harbiy qabriston yana Amerika nazoratida


Manila yaqinidagi qabriston
Manila yaqinidagi qabriston
AQSh va Filippin hukumatlari o’rtasidagi yangi kelishuvga ko’ra, Manila yaqinidagi harbiy qabriston Amerika qaramog’iga qaytdi. Yaqinda prezident Barak Obama shu haqda yangi hujjatga imzo chekdi. Deyarli 20 yildan buyon qarovsiz yotgan mozorni obodonlashtirish uchun endi davlat byudjetidan mablag’ ajratiladi.

Filippindagi qabriston AQSh nazoratida/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00
Yuklab oling

Klark nomli urush qatnashchilari qabristoni. Hamma yo’qni o’t bosgan. Iste’fodagi serjant Jon Gilbertning tushuntirishicha, 1991-yilda qabriston yaqinida Pinatubo vulqoni otilganidan keyin bu yerni lava va kul bosgan.

“Yomg’irlar mavsumi tugashi bilan bu yerlarni chang bosadi”, - deydi u.

Poytaxt Maniladan 100 kilometr narida joylashgan sakkiz gektarlik qabristonda 8600 dan ziyod faxriy dafn etilgan.

Gilbert “Xorijiy urushlar qatnashchilari” degan ko’ngillilar tashkilotiga rahbarlik qiladi. Maqsad – dafn marosimlari uyushtirish va qabristonga qarash.

Mozor va uning yonidagi Klark aviabazasi vulqondan keyin tashlab ketilgan edi. Ko’p o’tmay Filippin hukumati AQSh qo’shinlaridan mamlakatni tark etishni so’radi.

Bundan ikki yarim yil avval iste’fodagi kapitan Dennis Rayt Vashington rasmiylari va qonunchilariga murojaat qilib, qabristonni federal hukumat qaramog’iga qaytarishni so’radi. Targ’ibot ishlari boshlandi.

Manila yaqinida Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarining qabristoni ham bor. Xorijiy urushlarda qatnashib omon qolganlar uchun ham alohida qabriston kerak, dedi Rayt.

Amerika urush qatnashchilari orasida Filippinda yashayotgan va u yerda dafn etilishni xohlaganlar kam emas. Lekin AQSh bilan harbiy aloqalar ko’pgina filippinliklar uchun og’riqli mavzu.

Shu sababdan Vashington va Manila o’rtasidagi yangi kelishuv – amerikaliklar uchun katta yutuq. Bundan buyon Filippin hukumati Klark qabristoniga soliq solmaydi. Sobiq aviabazani tijorat markaziga aylantirgan Klark taraqqiyot korporatsiyasi xodimlariga ko’ra, qabristonni ziyorat qilmoqchi bo’lgan sayyohlar ham anchagina. Demak turizmni rivojlantirish mumkin.

Dennis Rayt deydiki, ikki davlat o’rtasidagi kelishuv AQSh qo’shinlarining qabristonda xizmat qilishni ko’zda tutmaydi. Federal byudjetdan qabriston uchun ajratilgan 5 million dollar mablag’ni olish uchun kamida bir yil vaqt ketadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG