Breaking News

Bola falaj kasalligiga qarshi emlanishi shart


Pokistonda Tolibon 60 ga yaqin tibbiy xodimni o'ldirgan, emlash ishlarini olib borgani uchun
Pokistonda Tolibon 60 ga yaqin tibbiy xodimni o'ldirgan, emlash ishlarini olib borgani uchun

Pokistonda poliomiyelit, falaj kasalligi bu yil yanada keng tarqalib, 202 yangi bemor aniqlangan.

O'tgan ikki kun ichida 15 odamga shunday tashxis qo'yilgan.

2012-yildan beri bu xavfli kasallikka qarshi emlash ishlari sustlashgan, chunki jangarilar bunga yo'l qo'ymayapti.

Falajga qarshi kurashib tanilgan 60 ga yaqin tibbiy xodim o'ldirilgan. Tolibon ularni G'arbning josuslari deya tamg'alagan.

Xastalik tarqalayotgan hududlar aynan jangarilar nazoratidagi joylar.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotiga ko'ra, Pokiston, Afg'oniston va Nigeriya poliomiyelit eng keng qanot yozgan mamlakatlardir.

Har bir go'dak unga qarshi emlanishi shart, deya ogohlantiradi tashkilot.

Kasallik tezlikda yuqadi va ayniqsa besh yoshgacha bo'lgan bolalar xavf ostida. U nerv sistemasini ishdan chiqaradi va butun vujudni harakatdan to'xtatib qo'yadi.

Falajning davosi yo'q biroq uning oldini olish mumkin. Vaksina bir marotaba emas, bir necha bor berilishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG