Breaking News

Klinton va Tramp bosh qo'mondon bo'lishga loyiq ekanini ta'kidladi


Demokratlardan nomzod Hillari Klinton Nyu-Yorkda shu mavzuda o'tgan forumda chiqish qildi. Bosh qo'mondon avvalo subutli, fikri va so'zi bir, toshday mahkam bo'lishi kerak, dedi u.
Demokratlardan nomzod Hillari Klinton Nyu-Yorkda shu mavzuda o'tgan forumda chiqish qildi. Bosh qo'mondon avvalo subutli, fikri va so'zi bir, toshday mahkam bo'lishi kerak, dedi u.

Hillari Klinton va Donald Tramp davlatning bo'lajak bosh qo'mondoni bo'lish uchun bilim, iroda va idroki yetarli ekanini aytmoqda. Har ikkisi xavfsizlikka doir forumda so'zladi.

Demokratlardan nomzod Hillari Klinton Nyu-Yorkda shu mavzuda o'tgan forumda chiqish qildi. Bosh qo'mondon avvalo subutli, fikri va so'zi bir, toshday mahkam bo'lishi kerak, dedi u.

"Prezident, bosh qo'mondon odamlarni tinglashni, aytilayotgan fikrlarni tahlil qilishni, oqil xulosa qilib qarorlar qabul qilishni bilishi lozim", - dedi Klinton.

Respublikachi nomzod Donald Tramp esa Klintonni bosh diplomat davrida "Islomiy davlat" tahdidini jiddiy qabul qilmaganlikda ayblamoqda.

"Hillari Klinton va Barak Obama davrida generallarimizning tavsiyalari inobatga olinmadi", - dedi Tramp. "Ularning ogohlantirishlari pisand qilinmadi. Sharmandalik", - dedi respublikachi nomzod.

Tramp ishga kirgani zahoti generallarga "Islomiy davlat" to'dasini mag'lub etish rejasini taqdim qilish uchun bir oy muhlat berishini, buning uchun u puxta reja ishlab chiqqanini ta'kidlayapti.

Klinton esa bu gaplar quruq safsata, maqtanish xolos, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG