Breaking News

Qatarda muhojir ishchilar huquqlari poymol etilmoqda


Doxadagi quruvchi ishchilar tushlik payti dam olmoqda.
Doxadagi quruvchi ishchilar tushlik payti dam olmoqda.
Qatarda 2022-yilgi futbol bo’yicha jahon chempionatini o’tkazish maqsadida yangi stadion, mehmonxona va zarur infratuzilmani qurish ishlari boshlandi. Ammo huquq faollarining shikoyat qilishicha, qurilishlarda ishlayotgan millionlab mehnat muhojirlarining ish va yashash sharoitlari abgor holda.
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:10 0:00
Yuklab oling
Doxaning osmono’par binolarini bunyod etgan kuch bir milliondan ortiq ishchi muhojirdir.

“Xalqaro amnistiya” tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, havo harorati 45 gradusdan baland bo’lgan sharoitda 10-15 ishchi bir xonada istiqomat qiladi.

Ular yashaydigan binolar atrofi esa gigiyena talablariga mutlaqo javob bermaydi.
Oyligini ololmayotganlar ham ko’p, deydi “Xalqaro amnistiya” tashkilotining Global masalalar bo’limi rahbari Odri Gogran.

“Olti oydan to’qqiz oygacha maoshini ololmagan ishchilar bor. Ular hali ham ishlab yuribdi. Mehnat lagerlarida xaroba sharoitlarda yashayotgan ishchilar ham ko’p”, - deydi u.

Ishchilarning aksariyati Nepal, Hindiston va Shri-Lanka kabi Janubiy Osiyo davlatlaridan. Ular xohlagan taqdirda ham uylariga qayta olmaydi, deydi Gogran.

“Migrant ishchilar chiqish ruxsatnomasini olmasdan turib mamlakatni tark eta olmaydi. Bu hujjatni esa ish beruvchi tashkilot rasmiysi imzolashi kerak. Ish beruvchining ruxsatisiz ular ish joylarini ham o’zgartira olmaydi”, - deydi xalqaro tashkiot vakili.

Nepallik ishchi Aniruda Kumar yashash sharoitlari haqida shunday deydi:

“Faqat bir marta ovqatlanamiz, boshqa payt och yuramiz. Guruchimiz tugadi. Sotib olishga pulimiz yo’q. Och qoringa uxlaymiz, qo’limizdan nima ham kelardi”.

Faollar ish joylari xavfsizlik talablariga ham javob bermasligini aytadi.
Xalqaro savdo ittifoqi konfederatsiyasining ogohlantirishicha, agar hozirgi o’lim hollari shunday davom etsa, 2022-yilgacha jahon chempionati qurilishi 4000 odamning hayotiga zomin bo’lishi mumkin.

Nepallik Bupendra Malla Takuri 2011-yilgi baxtsiz hodisada o’lishiga bir bahya qolganini aytadi. Uning boshlig’i ustidan sudga qilgan shikoyati uzoq vaqtdan keyingina ijobiy hal qilindi.

“Biz ertalab soat to’rtdan kechasi 10 yoki 11 gacha ishlar edik. To’xtab, ovqatlanib olishni so’rasak, ish boshqaruvchi senlar bu yerga ishlash uchun keldingmi yoki yeyish uchunmi, deb aytardi”, - deydi u.

Qatar hukumati “Xalqaro amnistiya” tashkiloti hisobotiga hali javob bergani yo’q. Ammo quruvchilar uchun ish sharoitlari o’nglanishini aytgan.
BMTning Migrantlar huquqlari bo’yicha maxsus vakili Fransua Krepo hukumat chora ko’rishi kerak, deydi:

“Muammolar yanada ko’payishi ehtimoli yuqori, chunki kelasi yillarda ishchilarning soni keskin oshadi. Bu ayni paytda kuzatuv ostida bo’lgani tufayli Qatar uchun muammolarni bartaraf etish imkoniyatini yaratadi”, - deydi u.

Dunyoning futbol bo’yicha eng katta idorasi – FIFA ham ishchilar holatiga oid masalani Qatar hukumati bilan muhokama qilishga va’da berdi. Inson huquqlari guruhlariga ko’ra, ishchilar ahvolini yaxshilashda FIFA boshqalarga qaraganda ko’proq ta’sirga ega.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG