Breaking News

Pokistondagi xurujda 60 dan ortiq odam halok bo'ldi


Xurujda halok bo'lganlar, Kvetta, Pokiston, 8-avgust, 2016-yil.
Xurujda halok bo'lganlar, Kvetta, Pokiston, 8-avgust, 2016-yil.

Pokistonning Kvetta shahridagi kasalxonada yuz bergan portlashda 60 dan ortiq odam halok bo'lgan, kamida 150 kishi yaralangan. Qurbonlarning aksariyati huquqshunoslar.

Kasalxona rasmiylarining aytishicha, yaralanganlarning 20 dan ortig'i og'ir ahvolda. O'lganlar soni ortishi mumkin.

Portlash odamlar viloyat huquqshunoslar assotsiatsiyasining o'ldirib ketilgan prezidentini xotirlash va uning o'limini qoralash uchun yig'ilgan paytda yuz bergan. Shu kuni ertalab huquqshunoslar tashkiloti rahbari Bilal Anvar Kasi noma'lum odamlar tomonidan yo'lda otib ketilgan edi.

Halok bo'lganlar va yaralanganlar orasida jurnalistlar ham bor. Ular taniqli shaxsning o'imi va huquqshunoslar noroziligini yoritish uchun kasalxonaga kelgan edi.

Viloyat so'zlovchisi Anvar ul-Haq Kakar hodisani shunday tasvirlaydi:

"Bugun ertalab, afsuski, e'tiborli huquqshunoslarimizdan biri Bilal Anvar Kasi nishonga olinib, shahid qilindi. Huquqshunoslar jamiyati uning jasadini qabul qilib olishi bilan ulkan portlash yuz berdi. Natijada ko'plab yaradorlar va o'ganlar bo'ldi".

Hujum xudkush bombachi tomonidan amalga oshirilgan. Xurujni kim tashkillashtirgani ma'lum emas.

Kakarning aytishicha, bu Pokiston hukumatining terrorizmga qarshi kurash choralarini kuchaytirganiga javob bo'lishi mumkin.

"Bunday mudhish ishlar ortida diniy va mazhabiy qarashlardan ilhom oluvchi terrorchi guruhlar turganini taxmin qilyapmiz", - dedi u.

Kvetta Balujiston viloyati markazi sanaladi. Bu yerda baluj ayirmachilari va diniy ekstremist guruhlar tez-tez terror xurujlarini amalga oshirib turadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG