Breaking News

Jihodga yollash: Yevropadagi radikal guruhlar hayoti haqida yangi film


Jihodga odam yollash haqida hujjatli film
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:52 0:00

"Jihodga yollash" hujjatli filmi norvegiyaliklar tomonidan suratga olingan. Unda yoshlarni IShID safiga yollashda radikal guruhlar qo'llaydigan usullar fosh etiladi. Film ijodkorlaridan biri Odil Xon Faruq suratga olish davomida Yevropadagi radikallashgan islomchilar tarmog'i bilan bevosita aloqada bo'ldi. U bunga jihodga odam yollashi bilan tanilgan Ubaydulloh Husayn orqali erishdi. Husayn ayni paytda Norvegiyada 9 yillik qamoq jazosini o'tamoqda. "Amerika Ovozi" Faruq va uning hamkori Ulrik Rolfson bilan suhbatda bo'ldi.

Film ijodkorlaridan biri Odil Xon Faruq suratga olish davomida Yevropadagi radikallashgan islomchilar tarmog'i bilan bevosita ishlash imkoniyatiga ega bo'ldi.

"Hamma meni eshityaptimi? Daniya, Shvetsiya, Norvegiya yoki Angliya bo'ladimi, qayerda yashasak ham, Islomni hayotimiz bilan himoya qilshimiz kerak", - deydi dindorlar yetakchisi.

Faruq Ubaydulloh Husayn kabi insonlarning radikallashishi ortidagi sabablarni o'rganishga qaror qildi.

"Nafaqat Norvegiyada, balki Shvetsiya, Daniya, Fransiya va Belgiyada ham odatdagi musulmonlar toifasiga mos tushmaydigan, ajralib qolgan odamlarni ko'rasiz. Ularning muammolari bo'ladi, oilasida yoki ish topishda", - deydi film ijodkori Odil Faruq.

"Nega u bu yo'lga kirdi, shuni aniqlashni xohladim. Chunki hayotida ijobiy jihatlar ko'p edi. Bir paytlar futbol hakami bo'lgan, aqlli bola bo'lgan, maktabda yaxshi o'qigan", - deydi Faruq.

Britaniyalik islomchi Anjem Choudri bilan maxfiy uchrashuvda Faruq radikal ideologiyaning qanday tarqalishini suratga oldi.

"Biz bu g'oyalarni Norvegiyaga olib boramiz", - deydi shu yig'inda qatnashgan Ubaydulloh Husayn.

2015-yil Fransiyada, dastlab, "Sharli Ebdo" jurnaliga qarshi, so'ng konsert va standionda xurujlar uyushtirilib, 130 odam o'ldi, 368 kishi yaralandi. Faruqga ko'ra, Ubaydulloh Husayn unga Parij hujumchilarini tanimasligini, lekin ularni taniydigan odamlarni bilishini aytgan.

"Bu guruhlar juda kichik, lekin kuchli, chunki ular birga ishlashadi. Uchrashib turishadi. Doimiy seminarlarga o'xshash yig'inlari bor", - deydi Faruq.

Ubaydulloh yosh bir norvegiyalikni yollashga uringanda politsiya e'tiboriga tushdi. U hibsga olingach, Faruq va Rolfsenning tasvirlari ham ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi. Kinochilar so'z erkinligi huquqi uchun kurash boshladi. Ularning ishlari Norvegiya Oliy sudigacha yetib bordi va nihoyat g'olib chiqishdi.

"Muhim masala shuki, har qanday demokratiyada jurnalistlar va matbuot hokimiyatdan mustaqil bo'lishi kerak. Mening ishim qalam orqali jamiyatda bo'layotgan narsalar haqida odamlarni ogoh qilish. Bir-birimizning ishimizga aralashmasligimiz muhim", - deydi Rolfsen.

Bunday film musulmonlarga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'lishiga sabab bo'lmaydimi, degan savolimizga Faruq shunday javob berdi:

"Men va Ulrik uchun buni ko'rsatish muhim. Chunki aksariyat musulmonlar bunday emas, ular oddiy odamlar".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG