Breaking News

O’zbekiston Davlat departamentidan qattiq koyish eshitdi


"O’zbekiston hukumati fuqarolarni qamashda, diniy yig’inlarni ta’qib qilishda, diniy adabiyotni musodara qilib yo’q qilishda davom etayapti", - deydi Jon Kerri, Amerika bosh diplomati.
"O’zbekiston hukumati fuqarolarni qamashda, diniy yig’inlarni ta’qib qilishda, diniy adabiyotni musodara qilib yo’q qilishda davom etayapti", - deydi Jon Kerri, Amerika bosh diplomati.

Odam hukumatdan hayiqmasdan o’zi xohlagan dinga e’tiqod qilishga haqli, tom ma’noda erkin va demokratik jamiyatga xos xislat shu.

Amerika Davlat departamenti mana shu tamoyilni olg’a surib, salkam 200 davlatda e’tiqod erkinligi bilan bog’liq ahvolni tahlil qiladi.

Insonni e’zozlaydigan va odamlarni oyog’osti qiladigan jamiyatlar birday tilga olinadi. Bu galgi xalqaro diniy hisobotda O’zbekiston yana qattiq koyish eshitdi.

Davlat departamentining yangi hisobotida O’zbekiston bu gal ham “kuchli xavotirga molik davlat” deb topildi. Mamlakatda e’tiqod ayovsiz bo’g’ilmoqda.

“O’zbekiston hukumati fuqarolarni qamashda, diniy yig’inlarni ta’qib qilishda, diniy adabiyotni musodara qilib yo’q qilishda davom etayapti. Mazkur siyosat uzoqqa yaramaydi. Tarixdan bilamizki, bunday siyosat doim mag’lubiyatga yetaklagan”, - deydi Davlat kotibi Jon Kerri.

Qo’shma Shtatlar rasmiy Toshkentni eski siyosatni qo’yib fuqaroning erkin e’tiqod qilishi uchun sharoit yaratishga, xalqning diniy tanlov va huquqlariga aralashmaslikka da’vat etadi.

“Diniy tafovutlarni asos qilib bundan razil siyosiy maqsadlarda foydalanish yaxshilikka yetaklamaydi. Diniy erkinlik uzviy huquqlar bilan chambarchas bog’liq. Jamiyatdagi farqlar, xilma-xillikni e’zozlash shundan boshlanadi. Buning aksi esa jamiyatlarni yemiradi, atrofda bunga misollar ko’p”, - deydi Davlat kotibi muovini Tom Malinovski.

O'zbekistonda e'tiqod erkinligi - Religious freedom report Uzbekistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:20 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG