Floridaning Tampa shahrida Respublikachilar qurultoyi avjida ekan, delegatlar prezident Barak Obamaning tashqi siyosatini tanqidga oldi.
So’nggi saylovlarda Obama bilan prezidentlik uchun bellashgan senator Jon Makkeynning aytishicha, davlat rahbari dunyodagi diktatorlarga qarshi kurashgan kuchlarga yetarlicha yordam bera olmadi.
"Millionlab eronliklar zolim hukmdorlariga qarshi bosh ko’tarib, Obamadan “bizga qo’shilasizmi” deb so’rashganida, Tehron ko’chalarida Nido ismli yosh juvon o’q yeb o’layotganida, prezident Obama Eronda inqilobni qo’llab-quvvatlash uchun tarixiy imkoniyatni boy berdi. Revolyutsiya mintaqadagi maqsadlarimizdan birini amalga oshirgan bo’lar edi – Eron Yaqin Sharqni qo’rquvga solgan va dunyoga tahdid solayotgan zolim diktaturadan qutulgan bo’lar edi", - deydi Makkeyn.
Senator Obamani Suriya muxolifatiga ham yordam qo’lini cho’zmayotganlikda, Rossiya va Xitoy bosimi ostida AQSh tashqi siyosatini amalga oshirolmayotganlikda aybladi. Makkeynning aytishicha, respublikachilardan prezidentlikka nomzod Mitt Romni Amerikaning dunyodagi yetakchi pozitsiyasini tiklay oladi.
Qurultoyda sobiq davlat kotibasi Kondoliza Rays ham so’zladi. Uning aytishicha, Amerika do’stlari va ittifoqchilari unga yana ishonishi kerak.
"Isroildan Polshagacha, Filippindan Kolumbiyagacha barcha davlatlar bizga ishonchli va qat’iy hamkor sifatida qarashi kerak. Dushmanlarimiz esa bizdan qo’rqsin, chunki tinchlikni kuch bilan o’rnatish mumkin. Mitt Romni Amerikani xavfsiz qila oladi", - dedi Rays.
Uning nazarida Obama erkin savdodan qochmoqda. So’nggi yillarda Qo’shma Shtatlar uch davlat bilan erkin savdoga doir bitim imzoladi, ammo hammasi Obamadan oldingi prezident Jorj Bush paytida qabul qilingan, deydi Rays.
"Bu o’rtada Xitoy 15 davlat bilan savdo shartnomalarini imzolab, yana 20 mamlakat bilan bu borada muzokara qilmoqda".