Amerikada qayerga qaramang, manzara saylov yaqinlashayotganidan darak beradi. Bu hafta Respublikachilar Partiyasi, kelasi hafta esa Demokratik Partiya yig'iladi.
Har to’rt yilda o’tadigan prezident saylovlariga tayyorgarlik ikki yilcha oldin boshlanadi. Da’vogarlar o’zini ommaga obdon tanishtirishga harakat qiladi.
Shtatma-shtat, tumanma-tuman uchrashuvlar, tele-bahslar, nufuzli nashrlarda maqolalar va sharhlar hamda reklamalar…Qurultoy ham o’ziga xos bir siyosiy tomosha.
Avgust-sentabr oylari keldimi, bilingki, partiyaviy qurultoylar mavsumi. Demokratlar va respublikachilar o’z yulduzlarini ko’z-ko’z qiladigan davr.
Saylovoldi qurultoyi har to’rt yilda o’tadi. Ungacha odatda nomzodlar tanlab bo’lingan. Tabiiyki, ular - shtatma-shtat poygada g’olib chiqqan arboblar.
Qurultoyda har bir shtat delegatsiyasi uchun alohida joy beriladi. Vakillar o’z nomzodlari kim ekanini qayd etib bo’lgan, ammo yig’inda uni qayta-qayta ko’rsatib, shtati nomidan gapiradi.
Qurultoy - va’dalar beriladigan davr
Partiya kelasi to’rt yil ichida qanday g’oyalarni olg’a surishi, platforma nimadan iborat bo’lishini e’lon qiladi. Biror yangi narsa bo’lmasligi mumkin, ammo mafkurani qanday targ’ib qilish ham bir san’at, iqtidor talab qiladi.
Yig’in so’nggiga borib prezidentlikka nomzodlar rasman tan olinadi. Ularning tarjimai xoli, siyosiy qarashlari va nima uchun davlatni boshqarishga qodir ekani namoyish etiladi. Nutqlar, ketidan nutqlar.
Siyosiy tantanalar
Partiyalarning yetakchilari bir joyga to’planib, chaqchaqlashadi, fikr almashadi.
Partiyaviy saylovlarda boy bergan, endi esa g’olibni quvvatlayotgan arboblar sahnaga chiqib, partiya manfaatlarini har narsadan ustun qo’yishini aytadi. Nomzodlik uchun kurash ortda qoldi, endi prezidentlikni egallash oliy maqsad, deydi.
2008-yilda Mitt Romni sobiq raqibi Jon Makkeyn va vitse-prezidentlik uchun tanlangan Sara Peylinni qutlagan edi.
Qurultoyning so’nggi kechasida nomzodlar va ularning oilalari sahnada. Ma’ruzalar, qutlov.
2008-yilda Barak Obama Oq Uyga ko’rsatilgani uchun partiyadoshlaridan toabad minnatdor ekanini aytgan.
Keyingi muhim sana bu saylov kuni. Har bir daqiqa g’animat. Nomzodlar bepoyon mamlakatni kezib, kerak bo’lsa, odamlar bilan bittama bitta gaplashishga, ularni ovoz berishga ko’ndirishga harakat qiladi.