Breaking News

AQShda prezidentlikka respublikachi nomzodlar TV orqali yana bellashdi


AQShning Mayami shahrida respublikachilardan prezidentlikka da’vogarlarning uchinchi teledebatida tashqi siyosatga katta urg’u berildi. So’rovlarda peshqadan sobiq president Donald Tramp debatda bu gal ham qatnashmadi.

Xalqaro hayot - 9-noyabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:48 0:00

Isroil-XAMAS ixtilofiga kelganda nomzodlarning barchasi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga o’z tavsiyalarini berdi.

“XAMAS qassoblari ishini bir yoqli qilish kerak. Ular terrorchi. Begunoh insonlarni qirishdi, qo’llaridan kelsa, yahudiylarni Yer yuzidan yo’q qilishadi”, - dedi Florida gubernatori Ron Desantis.

“Yovuz kuchlar bilan muzokara qilib bo’lmaydi. Ularni qirish kerak”, - dedi senator Tim Skott.

“Eronsiz XAMAS bo’lmas edi. Eronsiz “Hizbulloh” bo’lmas edi. Eronsiz xusiylar bo’lmas edi. Eronni hozir kim moliyalayapti? Xitoy Erondan neft, Rossiya esa dron va raketalar sotib olmoqda. Bu nopok ittifoq”, - dedi BMTdagi sobiq elchi Nikki Xeyli.

Ukrainaga qo’shimcha pul berishga kelganda esa da’vogarlarning fikri bo’lindi.

“Tanlash imkoniga egamasmiz. Erkin dunyo liderlari bo’lishning qiymati shu”, - dedi Nyu-Jersi sobiq gubernatori Kris Kristi.

“Ukraina demokratiya namunasi emas. Bu 11 ta muxolif partiya faoliyatini man qilgan mamlakat. Barcha ommaviy axborot vositalarini bitta davlat televideniyesi nazoratiga oldi. Bu demokratiya emas”, - dedi tadbirkor Vivek Ramasvami.

Xeyli unga shunday javob berdi:

“Anavi qotil Ukrainani bosib olganida nima qilganini yaxshi eslaymiz. Putinni deb yarim million odam o’ldi. Erkinlikni, Amerikani sevadigan mamlakat esa omon qolish uchun, demokratiyasi uchun kurashmoqda”, - dedi u.

Desantis AQShning janubiy chegaralari orqali kirib kelayotgan fentanil oqimiga qarshi kurashda Trampga qaraganda qattiqroq chora ko’rishini bildirdi.

“Meksika bilan chegarada devor qurib, Donald Tramp va’da qilganidek uni Meksikaga to’lataman. Qanday qilib deysizmi? Meksika pulni o’z xohishi bilan bermaydi. Xorijiy ishchilar xorijga o’tkazayotgan pulga soliq solaman. Bir necha milliard dollar to’plab, devor qurdiraman”, - dedi gubernator.

So’rovlarda katta farq bilan peshqadamlik qilayotgan Trampning o’zi uchinchi debatda ham qatnashmadi. U Mayamidan 16 kilometr naridagi bir shaharda saylovchilar bilan uchrashdi.

Virjiniya universitetidan siyosatshunos Jennifer Lolesning aytishicha, respublikachi nomzodlarning birortasi so’rovlarda Trampdan o’zib keta olmaydi.

“Ko’p so’rovlarda 50 foiz, qolganlarida 40 foizdan ko’p ovoz olgan Trampga birorta nomzod yaqinlashgani yo’q hatto. Ammo biror kor-hol ro’y bersa, Donald Tramp qamalgudek bo’lsa yoki xar hil qonuniy sabablarga ko’ra poygadan chiqishga majbur bo’lsa, ikkinchi o’rindagi nomzodning imkoniyatlari balandroq bo’ladi”, - deydi Loles.

Saylovgacha roppa-rosa bir yil qoldi. 15-yanvardan boshlab shtatlarda respublikachilarning partiyaviy tanlovi boshlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG