AQSh Vakillar Palatasi sobiq spikeri, respublikachi arbob Nyut Gingrich “2012 yilgi prezident poygasida qatnashaman” demoqda.
“Qo’shma Shtatlarda ishsizlik, xavfsizlik va byudjet muammolarini hal qila olaman”, - deydi 67 yoshli siyosatdon.
Nyut Gingrich 1999 yilda Kongressni tark etib, shundan beri tahlil va kitob yozish bilan band.
Agar Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod etib ko’rsatilsa, u AQShning amaldagi rahbari Barak Obam bilan bellashadi.
Yana bir respublikachi nomzod Ron Pol, Kongressga Texas shtatidan saylangan qonunchi, avval ham Oq Uyga saylanishga uringan.
So’nggi ijtimoiy so’rov natijalariga qaraganda, Osama bin Laden yo’q qilingach, Obamaning reytingi oshgan – 60 foiz aholi uni qo’llab-quvvatlamoqda.