Breaking News

Obama qayta saylanish uchun tayyorgarlik boshladi


Obama qayta saylanish uchun tayyorgarlik boshladi
Obama qayta saylanish uchun tayyorgarlik boshladi

AQSh prezidenti Barak Obama 2012-yilgi saylovlarda lavozimga qayta saylanish niyatida.

Obama bu borada kecha rasman e’lon qildi.

Barak Obama tarafdorlariga internet orqali murojaat etib, o’z maqsadlarini tushuntirmoqda.

Obama Demokratik Partiyadan yagona nomzod. Saylov qog’ozlarini taxt qilgach, moliya jamg’arishga kirishadi.

Raqib Respublikachilar Partiyasidan hali biror odam maydonga chiqmadi.

2008 yilgi saylovlarda xotin-qizlar va yoshlar orasida Barak Obamaga xayrixohlik kuchli edi.

Bu galgi jarayonda ham prezident mana shu qatlamga tayansa ajabmas.

Obama qayta saylanish uchun tayyorgarlik boshladi
Obama qayta saylanish uchun tayyorgarlik boshladi

Tahlilchilar nazarida Obamaning oldida turgan vazifalar mushkul. Iroq va Afg’onistonda vaziyat hamon murakkab.

Liviyada harbiy kampaniyagi ishtiroki, davlat byudjetidagi kamomad, zaif iqtisodiyot - eng dolzarb masalalar.

“2012 yilgi saylovlarda chuqur ildiz otgan ishsizlik – asosiy mavzulardan bo’ladi”, - deydi tahlilchi Stiven Xess.

Obama xalq ishonchini qozona oladimi? Uning siyosatidan norozilar talay.

“O’zgarish va’da qilgan edi, quruq gap bo’lib chiqdi”, - deydi mana bu saylovchi.

Ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, Obamaning reytingi hozir eng quyi nuqtada.

So’ralganlarning 50 foizi Obama qayta saylanishga loyiq emas degan fikrda. 41 foizi esa aksincha, prezidentdan mamnun.

Obamaning qarashlarini yoqtirmasada, odamlar uni hurmat qiladi.

2008 yilda Barak Obama tarafdorlaridan 750 million dollar to'plab, raqiblarini dog'da qoldirgan edi. Bu safar 1 milliard dollar jamg'arish ko'zda tutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG