Breaking News

O'shda TV jurnalistlarga hujum qilingan, lekin politsiya buni tan olmayapti


O'shda TV jurnalistlarga hujum qilingan, lekin politsiya buni tan olmayapti
O'shda TV jurnalistlarga hujum qilingan, lekin politsiya buni tan olmayapti

"Chegara Bilmas Muxbirlar", Parijda asoslangan xalqaro tashkilotning bayon qilishicha, kecha O'shda uch telejurnalistga hujum qilingan.

Ular shaharda qirg'iz natsionalist partiyasi hisoblanmish "Ata Jurt" tarafdorlari namoyishini yoritayotgan bo'lgan.

"Ata Jurt"ni qo'llab-quvvatlaganlar O'shda katta sayrga chiqqan. NTC (НТС - Новая телевизионная сеть) telekanali muxbirlari Chinara Sidikova va Ayjan Ismaylova hamda operator Vladimir Bezborodov voqea joyidan ma'lumot to'playotgan paytda namoyishchilar ularga tashlanib, tasvirchi qattiq do'pposlangan. Bezborodov hozir kasalxonada.

Axborot vositalari xodimlariga hujum qilish mahalliy va xalqaro qonunlarga ziddir hamda ularga nisbatan zo'ravonlik qilgan shaxslar adolat oldida javob berishi kerak, deyiladi "Chegara Bilmas Muxbirlar" bayonotida.

Birinchidan, deya bildiradi tashkilot, ichki ishlar xodimlari o'z vazifasini bajarayotgan jurnalistlarni olomon nafratidan himoya qilmagan. Ikkinchidan esa hujumchilarning yonini olgan.

O'tgan oylar ichida matbuot xodimlariga bir necha bor hamla qilindi, lekin jinoyatchilar javobgarlikka tortilmadi.

Davlat idoralari quruq gap bilan cheklanmoqda, amalda esa konkret chora ko'rilmayapti. Xalqaro hamjamiyatdan kelayotgan chaqiriqlar javobsiz qolayapti.

Qirg'iziston prezidenti Roza Otunbayeva voqea tergov qilinsin deb buyurgan.

Bugun politsiya o'z bayonotini chiqarib, jurnalistlarni ruxsatsiz ishlayotganlikda, namoyishni yoritish uchun ro'yxatdan o'tmaganlikda ayblagan.Qonunan, jurnalistga jamoat joyida ro'y bergan voqealarni yoritish uchun ruxsat kerak emas.

Politsiya, shuningdek, jurnalistlarga hech kim qo'l ko'tarmagan, Bezborodov avvaldan kasal bo'lgan, deya da'vo qilmoqda.

Jurnalistlar nazarida politsiya o'z qilmishini tan olmay, jabrlanuvchilardan ayb qidirishni odat qilgan va bu shundoq ham murakkab vaziyatni yanada og'irlashtirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG