Inson huquqlari bo'yicha xalqaro tashkilotlar nazarida O'sh va Jalol-Obodda bir yil oldin sodir bo'lgan etnik to'qnashuvlarda aybdor shaxslar jazolanmas ekan, ahvol o’sha-o’sha qolaveradi.
Mutaxassislar Qirg’iziston adliya tizimini isloh qilish zarur, aks holda zo'ravonliklar yangidan boshlanishi mumkin, deydi.
Boshqalar fikricha, oxirgi bir yil samarasiz ketmagan, oradan g’ubor ko’tarila boshlagan. Nima ish qilinsa, hamma elatlar manfaati ko’zlansa, himoyaga olinsa, bas, deydi ular.
"Shuncha yondi, kuydi, o'ldir, ur-yiqitlar bo'lsa-da, inson yengdi shularni. Qisqa paytda ikki xalq bosib o'tdi shu narsani", - deydi ziyolilar.
Faollarning aytishicha, davlat organlarining vazifasi, qilayotgan ishi ko'rinmayapti. "Televizorlar va gazetalar uchun, xo'jako'rsinga o'tkazilganday bo'layapti bu ishlar".