Breaking News

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi: "Bi-Bi-Si" jurnalisti ozod etilishi kerak

O'rinboy Usmonov 10 yildan beri "Bi-Bi-Si" O’zbek xizmatining Tojikiston shimolidagi faol muxbiri. U nafaqat professional jurnalist balki iste'dodli fotograf, shuningdek o'z sohasini boshqalarga o'rgatib kelayotgan murabbiy, ustoz hamdir.

"Amerika Ovozi" va "Ozodlik" kabi axborot vositalarini boshqaruvchi AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi "Bi-Bi-Si" (BBC- Britaniya Teleradio Korporatsiyasi) xodimlariga hamdardlik bildirib, Tojikistondagi muxbir O'rinboy Usmonovning ozod etilishiga chaqirmoqda.

O'zbek xizmatiga ishlagan Usmonov "Hizb-ut-Tahrir" harakatiga a'zolikda ayblanib, bir necha kun oldin qamoqqa olingan edi.

"Bi-Bi-Si" berayotgan ma'lumotlarga ko'ra, hozirda undan bu ayb olib tashlangan, ammo jurnalist "Hizb-ut-Tahrir" faoliyati haqida rasmiy doiralarni ogoh etmaganlikda ayblanib ushlab turilibdi.

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi: "Bi-Bi-Si" jurnalisti ozod etilishi kerak
AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi: "Bi-Bi-Si" jurnalisti ozod etilishi kerak

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi (The Broadcasting Board of Governors) raisi Volter Ayzakson (Walter Isaacson) deydiki, jurnalistlarni bu kabi shubha-gumonlar bilan asossiz ravishda javobgarlikka tortish adolatsizlikdir va bu singari hollar yopiq jamiyatlarda tez-tez kuzatiladi.

O'rinboy Usmonovning aybi jurnalist ekani, mustaqil faoliyat yuritgani, nozik mavzularni yoritgani, jumladan "Hizb-ut-Tahrir" haqida materiallar yozganidir. Tojikistonda mustaqil matbuotga nisbatan tazyiq oshib borayotgani sir emas.

Volter Ayzakson, AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi raisi
Volter Ayzakson, AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi raisi

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi nazorati ostidagi barcha axborot vositalari xodimlari "Bi-Bi-Si"dagi hamkasblari bilan yonma-yon turib, O'rinboy Usmonovni quvvatlaydi.

Bu kengashga 45 tildda axborot uzatuvchi "Amerika Ovozi" (VOA), 28 tilda efirga chiqadigan "Ozodlik" (RFE/RL), 9 tilda xabar beruvchi "Ozod Osiyo" (RFA), arab tilidagi "Al-Hurra" va "Sava" (Sawa) hamda ispan tilida ko'rsatuv va eshittirishlar taqdim etadigan "Marti" kiradi. Bu tashkilotlar dunyoning 100 davlatiga yetadi va jami 165 million auditoriyaga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG