Breaking News

Rossiya va Qrim: Imom al-Buxoriy hadislar to'plami man etilmoqda


Boqchasaroy, Qrim
Boqchasaroy, Qrim

Qrimda man etilgan adabiyotlarlar biri - Imom al-Buxoriyning hadislar to'plamidir. Ularning ayrimlari Rossiyada ekstremistik adabiyotlar ro’yxatiga kiritilishi mumkin.

Qrim yarimorolida hukumat Rossiya federatsiyasi taqiqlagan diniy kitoblarni rasmiylarga topshirish, aks holda jinoiy jazoga tortilish haqida ogohlantirmoqda. Man etilgan adabiyotlar qatoriga Imom al-Buxoriyning hadislar to'plami kiritilishi mumkin.

Hadis - Qrim-tatarlar -Ukraina-Rossiya - Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:44 0:00
Yuklab oling

Ukraina muftiysi nazarida esa Qrimda diniy adabiyotlarni Rossiya qonunchiligiga moslash va tintuvlar inson huquqlarini toptashdir.

Imom al-Buxoriy hadislar to'plami, "Sahihi Buxoriy" nomi bilan mashhur kitob, 9-oktabrda Tataristonning Apostovsk tuman sudi tomonidan chiqarilgan hukmga binoan taqiqlangan. Sud bu ishni prokuratura arizasiga muvofiq ko'rib chiqqan.

Unga ko’ra, al-Buxoriyning kitobi dinlararo adovatni qo’zg’atuvchi ekstremistik adabiyotdir. Kitob Rossiyada ekstremistik adabiyotlar ro’yxatiga kiritilishi mumkin.

Bu nafaqat Tatariston balki Qrim musulmonlari orasida ham keskin norozilik, xavotir uyg’otmoqda.

Ukraina muftiysi Said Ismagilov Kiyevda o’tgan matbuot anjumanida ta’kidlashicha, sudning bu mavhum qarori nafaqat Rossiya, balki dunyodagi bir yarim milliardan oshiq musulmonlarning ham huquqini toptashdir.

“Imom al-Buxoriy hadislari musulmon dunyosida Qur’ondan keying eng muqaddas kitob hisoblanadi”, - deydi Ismagilov.

Muftiy deydiki, ayni paytda Qrimda diniy adabiyotlarni Rossiya qonunchiligiga moslash jarayoni avjida va taqiqlangan diniy adabiyotlar bo’yicha tintuvlar davom etmoqda.

Hadislar islomni tushunish uchun asosiy qo’llanma deb qaraladi.

“Demak, imom o’z ma’ruzasida al-Buxoriy hadislarini tilga olsa, u darhol ekstremistga ayalanadimi? Mening nazarimda Rossiya musulmonlarining Olloh oldidagi hozirgi burchi darhol sudning bu mavhum qarorini bekor qilishdir”, - deydi muftiy Ismagilov.

Musulmonlar bu qarorni qoralasin, deydi muftiy. Qrimning Rossiya tarkibiga qo’shib olinishi ortidan yarimorolning musulmon bo’lgan tub aholisi qrim-tatarlarga nisbatan tazyiqlar oshgan. Bosim so’nggi paytda taqiqlangan diniy adabiyotlarni izlash bahonasi bilan asoslanayotgani aytiladi.

Qrim hukumati musulmonlarga Ukrainada ruxsat berilgan, biroq Rossiyada taqiqlangan diniy adabiyotlarni ixtiyoriy ravishda topshirish uchun uch oy muhlat berilgan. Yaqin kunlarda yangi ro’yxat e’lon qilinadi.

Said Ismagilov bu o’zgarishlarni adolatsizlik, vijdonsizlik deb hisoblaydi.

“Ishg’olda qolgan musulmonlar, qrim-tatarlari uchun Rossiyadagi mavjud qoliplar joriy etilmoqda. Rossiyada yuzlab diniy adabiyotlar taqiqlangan. Bugungi axborot rivojlangan davrda adabiyotni taqiqlashning o’zi mavhum narsa, ammo bu taqiqlar yangi tazyiqlarga asos bo’lishidan qo’rqamiz. Biz okkupatsiya qilingan hududdagi musulmonlarga ko’mak berishga ojizmiz. Bu borada Ukraina hukumati, xalqaro jamoatchilik, inson huquqlari tashkilotlarining yordamiga umid qilamiz”, - deydi muftiy.

"Sahihi Buxoriy" Quronga berilgan eng mukammal sharhlardan biri sifatida e’tirof etiladi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG