Breaking News

Amerikalik kovboy Rossiya dalalarida chorvachilik qilmoqda


Amerikalik kovboy Rossiya dalalarida chorvachilik qilmoqda
Amerikalik kovboy Rossiya dalalarida chorvachilik qilmoqda

Rossiya bugun iste’moldagi go’shtning katta qismini chet eldan sotib oladi. Chorvachilik bu mamlakatda qoloq soha va Sovet davridan qolgan bu tizim hozirda tanazzulda. Amerika Rossiyada chorvachilikni rivojlantirish uchun yordam berishga bel bo’glagan.

Darrel Stivenson, amerikalik chorvador, bugun Rossiyada yashaydi.

Kovboy bu yerda o’zga mamlakat dalalarida ham otda yurib, mol boqadi. Rossiyaga vatanidan kerakli anjomlar, texnologiya, qolaversa o’z bilim va tajribasini olib kelgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin chorvachilik sohasi orqaga ketdi. Bugun Rossiya, dunyoning hududiy jihatdan eng yirik davlati, go’shtni xorijdan oladi. Mol boqib, zarur mahsulot ishlab chiqarish uchun sharoit muhayyo, lekin harakat qilayotganlar kam, deydi amerikalik chorvador.

“Mol boqaman desa bu xalqning imkoniyatlari cheksiz. Barcha shart-sharoit bor. Hayhotdek keng dalalar, o’zuqa bisyor”,- deydi chorvador.

Amerikalik kovboy Rossiya dalalarida chorvachilik qilmoqda
Amerikalik kovboy Rossiya dalalarida chorvachilik qilmoqda

Stivenson o’tgan yili AQShning g’arbiy shtati Montanadan samolyotda 1400 bosh qoramol olib kelgan.

Yaqinda bu zotdor sigirlar Rossiya turpog’ida ilk bor bolaladi. Ikki mahalliy tadbirkor bilan hamkorlikda Stivenson hozirda mamlakat janubida chorvachilik fermasiga asos solgan.

“Kelajakda”, - deydi amerikalik chorvador, “Rossiyaning go’sht mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirishni rejalaganmiz”,- deydi u.

“Birinchi navbatda mahalliy chorvachilikka e’tibor qaratdik. Keyin tuman, viloyat va bora-bora butun mamlakat chorvachiligini oyoqqa turg’azishni niyat qilganmiz”.

Viktor Korovkin kolxozlarni yaxshi eslaydi. U paytdagi tizimdan asar ham qolmagan, deydi u. Lekin dehqonchilikni qilishni istaganlar ko’p.

Stivenson fermani tashkil qilganga Viktor u yerga qo’riqchi bo’lib ishga kirdi. Hozir esa brigadir.

“Biz fermada foydalanadigan texnika zamonaviy. O’rgangunga qadar bir o’z vaqt o’tdi”,- deydi u.

Yekaterina Zimina Sankt Peterburgda tug’ilib o’sgan. Kasbi veterinar.

U o’tgan yili, Stiven Darrelning Montana shtatidagi ranchosida malaka oshirib, qoramolni sun’iy urchitishning “amerikacha” usulini o’rganib qaytgan.

“Biz ruslar qoramolni ko’proq sut mahsulotlari uchun yetishtirishga o’rganganmiz”, - deydi u.

“Mutaxassis topish qiyin. Rossiya dunyoga suv va sut mahsulotlari bilan mashhur. Bizda juda ko’p sutchilik fermalari mavjud. Lekin, ham sut, ham go’sht yetishtiradigani kam. Uni boshqarish ham oson emas ekan”,- deydi Yekaterina.

O’ziq-ovqat mahsulotlari importini qisqartirishni maqsad qilgan Rossiya hukumati chet-ellik investorlarga imkoniyatlar yaratayotgani haqida gapiradi. Amerikalik kovboy yuritayotgan fermani tomosha qilgani mamlakatning turli burchaklaridan tadbirkor va chorvadorlar tashrif buyurmoqda.

“Ko’proq odamlar kelishini xohlaymiz. Ko’rishsin,o’rtganishsin. Kovboylar faqatgina kinolarda emas, hayotda ham bor va ularning ishi faqat ot minib, qurol ko’tarib yurishdan iborat emas”,- deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG