Breaking News

Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari


Ramani ya eneo kuu la uharamia kwenye pwani ya Somalia
Ramani ya eneo kuu la uharamia kwenye pwani ya Somalia

Amerikaning asosan dehqonchilik va fermerlik bilan shug’ullanadigan janubiy shtatlarida yarmarkalar o’tib turadi.

Xyuston Qoramol va Rodeo Shousi bu kabi yig’inlarning eng kattasi. Har yili uch hafta davom etadigan tadbirga ikki milliondan ortiq odam tashrif buyuradi.

Texas shtatining Xyuston shahrida o’tkaziladigan yillik ko’rgazma, bir necha kun davom etadigan yig’inda savdo-sotiqdan tashqari, turli xil ko’ngilochar dasturlar ham o’tkaziladi.

Xususan rodeolar. Unda ot yoki ho'kiz mingan usta yoshlar maydonga chiqib, o'z kuchi, iqtidorini namoyish etadi. Kovboylar jasoratini aks ettiruvchi o'yin.

Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari
Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari

Hordiq chiqargach, uzoq-yaqindan tashrif buyurgan fermerlar asosiy maqsad - biznesga o’tadilar.

Ko’rgazmaning turli zallarida biri-biridan baquvvat, katta-kichik chorva mollari hay’at a’zolari va fermerlar oldidan o’tish qiladi.

Qoramol xaridorga yoqsa, egasi bilan kelishib olish uchun uni suhbatga tortadi.

Mana bu fermer Meksikaning janubiy viloyati - Tabaskodan kelibdi. Chorvaning Brahman - Zuba degan turiga qiziqadi.

Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari
Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari

“Biz tropik iqlimda yashaymiz. Nam havo. Zuba naslidagi qoramollar uchun ayni muddao”,- deydi u.

Chorvaning bu turi aslida Hindistondan tarqalgan. Tropik iqlimga tez moslashadi. Janubiy Amerika bo’ylab nom qozongan.

Ko’rgazmada qoramolni sotib olib, uni eksport qilish qimmatga tushadi. Umberto Bayoso kabi fermerlar arzon yo’llarini biladi.

“Zotdor mollarni ko’paytirish uchun biz qoramolning o’zini emas, uning urug’ini sotib olamiz”, - deydi fermer.

Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari
Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari

Yarmarkada tashkil etilgan turli madaniy tadbirlar qatorida mehmonlar, ayniqsa, xorijdan kelganlar Texas ovqatlaridan ham bahramand bo’ladilar.

Bir dasturxon atrofida yig’ilib, biznes loyihalar, kelajak rejalari haqida suhbatlashadilar.

Bert Marmarato tashkilotchilardan biri. Chet eldan kelgan mehmonlar uchun javobgar.

“Mehmonlarning og’zi qulog’ida. Hech biri hayratini yashirmaydi. Ko’ngilochar tadbirlar, oziq-ovqat, hamma-hammasi ularga manzur. Biz, albatta, xursandmiz”, - deydi u.

Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari
Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari

Chet ellik mehmonlarning ko’pi Meksika va Lotin Amerikasining boshqa joylaridan tashrif buyurgan fermerlar.

Ko’rgazmaga kelganlar orasida boshqa soha vakillari ko’p uchraydi.

Xususan, dehqonchilik mahsulotlari sotadigan tadbirkorlar. Yarmarka reklama, yangi xaridorlar orttirish uchun yaxshi bir imkoniyat.

Isroildan kelgan bu tadbirkorlarlar suv taqsimotini va hayvon genetikasi kabi xizmatlarni taklif qiladi.

Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari
Texas: Chorvachilik yarmarkarlari va rodeo o'yinlari

“Authentica” nomli firma jonivorlarning irsiyatini o'rganar ekan. Bu mahsulot sifati uchun juda muhim”, - deydi firma vakili.

Fermerlik ko’rgazmalari va rodeo shoulari AQShning janubiy va g’arbiy shtatlarida an’anaga aylangan. Biznes qiladigan, dam oladigan va ko’p narsa o’rgansa bo’ladigan tadbirlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG