Breaking News

Putin armiyaga yangi boshliq tayinladi


Prezident Putin general Gerasimov (o'ngdan) va Mudofaa vaziri Sergey Shoigu bilan, Kreml, Moskva, 9-noyabr, 2012
Prezident Putin general Gerasimov (o'ngdan) va Mudofaa vaziri Sergey Shoigu bilan, Kreml, Moskva, 9-noyabr, 2012
Rossiyada prezident Vladimir Putin armiyaga yangi boshliq tayinlagan - general Valeriy Gerasimov.

Nikolay Makarov bu vazifada edi. Gerasimov Chechenistondagi ikkinchi urushda bosh qo'mondonlik qilgan.

Bir necha kun oldin Kreml Anatoliy Serdyukovni mudofaa vaziri lavozimidan olgan edi.

Uning o'rnini hozirda Moskva oblasti gubernatori, favqulodda holatlar bo'yicha sobiq vazir Sergey Shoygu egallagan. Shoygu Putinning azaliy maslakdoshlaridan biri.

Serdyukov tergov ostida ekani ma'lum. Korrupsiyada ayblanmoqda. Hukumat maxsus qo'mitasi mudofaa vazirligi va xususiy sektor orasidagi savdo kelishuvlarini ko'rib chiqmoqda, katta ish ochilgan.

General Makarovning Serdyukov bilan tili bir, uzoq yillardan beri bir-birini quvvatlab kelgan.

Prezident Putin davlatning harbiy qudratini oshirish uchun trillionlab rubl ajratishga shay. 20 trillion (635 milliard dollar) haqida gap ketmoqda. 2020-yilgacha Rossiya eng ilg'or qurol-aslahaga ega bo'ladi, deydi prezident.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG