Prezident Barak Obama ikkinchi muddatini boshlar ekan, Rossiya Qo’shma Shtatlar bilan mudofaa masalalarida til topishish umidida.
Bosh vazir o’rinbosari Dmitriy Rogozin Moskvada matbuot anjumanida so’zladi.
“AQSh rahbari raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi o’rnatish rejasini tatbiq etayotganda Rossiya va boshqa davlatlarning fikrini inobatga olishiga ishonamiz”, - deydi u.
Bush ma’muriyati davrida ishlab chiqilgan va Obama prezidentligi davrida o’zgartirilgan mazkur reja Yevropaning ayrim qismlarida radar va mudofaa tizimlarini o’rnatishni ko’zlaydi.
Bu sistemalar Amerika ittifoqchilarini Erondan himoya qilishi kerak. NATO raketalarini tahdid deb baholayotgan Kreml Vashington bilan bu masalada bahslashib keladi.
Prezident Vladimir Putin yana to’rt yilga saylangan Barak Obamani 2013-yilda Moskvaga taklif etmoqda. Bugungi o’zaro aloqalar to’rt yil ilgaridan farq qiladi. 2008-yili Obama prezidentlikka saylanishi ketidan Moskva Kaliningradda raketalar o’rnatishini e’lon qilgan edi.
Aleksandr Romanovich, Rossiya parlamentining tashqi aloqalar qo’mitasi a’zosi, deydiki, Kreml Obama qayta saylanganidan mamnun.
“Troyka, ya’ni Obama, Putin va Medvedev, bir-birini yaxshi tushunadi. Bundan faqat ijobiy natijalar kutish mumkin”, - deydi qonunchi.
Tahlilchilar fikricha, Kreml namoyish etayotgan pragmatizm realizmga asoslanadi, chunki ikki davlat prezidentlari 2016-yilgacha birga ishlashga majbur. Obama to’rt yil, Putin esa olti yilga saylangan.
Moskvadagi muxbirimiz Jeyms Brukning xabar berishicha, ishonch bilan aytish mumkinki, Rossiya rahbariyati Obamaning raqibi, respublikachi nomzod Mitt Romni yutmaganidan yengil tortdi. Romni Rossiyani AQShning birinchi raqamli strategik dushmani, deb atagan edi.
Obama saylov g’olibi ekani ma’lum bo’lganidan bir necha soat o’tmay, Bosh vazir Dmitriy Medvedev quyidagi bayonot bilan chiqdi:
“Dunyoning eng yirik va qudratli davlati Rossiyani birinchi raqamli dushman deb biladigan odamni tanlamagani quvonarli hol. Bunday gaplar vasvasadan boshqa narsa emas”.
Obama bilan til topisha olamiz, deya qo’shadi Medvedev.
Kreml siyosatini quvvatlovchi olim, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti vitse-prezidenti Sergey Markov fikricha:
“Rossiya va AQSh munosabatlari ijobiylashishiga umid bor, chunki Obama Sovuq Urush sarqitlaridan xoli arbob. U dunyoga ochiq ko’z bilan qaraydi, Rossiyani yangi, zamonaviy davlat deb ko’radi”.