Breaking News

Rossiya Afg'onistonga qurol-aslaha yetkazdi


Rossiya elchisi Aleksandr Mantitskiy (chapda) AK-47 rusumidagi avtomatni Afg'oniston rasmiysi Muhammad Hanif Atmarga uzatmoqda. 24-fevral 2016-yil
Rossiya elchisi Aleksandr Mantitskiy (chapda) AK-47 rusumidagi avtomatni Afg'oniston rasmiysi Muhammad Hanif Atmarga uzatmoqda. 24-fevral 2016-yil

Rossiya Afg’oniston hukumatiga oradagi xavfsizlik bitimiga binoan 10 ming dona Kalashnikov avtomati va millionlab aslaha yetkazdi.

24-fevral kuni poytaxt Kobuldagi harbiy aeroportda bunga bag’ishlab, marosim o’tkazildi.

“Rossiyaning hurmatga sazovor hukumati afg’on armiyasi va xavfsizlik kuchlari muhtoj qurol-aslahani yetkazdi. Shunday qiyin davrda bizga yordam qo’lini cho’zdi”, - dedi Afg’oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar.

Rossiyaning Kobuldagi elchisi Aleksandr Mantitskiy deydiki, uning davlati afg’on xalqi va afg’on qo’shinlariga terrorizm va narkotiklar savdosiga qarshi kurashda ko’maklashishga tayyor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG