Breaking News

Rossiyada internetni cheklovchi qonun kuchga kirdi


Moskvadagi internet kafelarida
Moskvadagi internet kafelarida
Hukumatga internet saytlarini kuzatish va hatto yopish huquqini beradigan yangi qonunga payshanba kuni amal qilina boshladi.

Tarafdorlar nazarida, qonundan maqsad - yoshlarni internetdagi pornografiya hamda narkotiklar va suiqasdlar haqidagi ma’lumotdan asrash.

Tanqidchilar fikricha esa yangi hujjatdagi mavhum ibora va tushunchalar muxolifat veb sahifalarini qora ro’yxatga kiritish va yopish uchun imkon yaratadi.

Shu kungacha Rossiyada fuqarolar erkinliklarini cheklovchi qator qonunlar qabul qilindi.

31-oktabr kuni deputatlar vatanga xiyonat haqidagi qonun loyihasini tasdiqladi. Unga ko’ra, xorijiy nodavlat tashkilotlariga ma’lumot berish ham xiyonat deb ko’rilishi mumkin.

So’nggi oylarda, shuningdek, tuhmatni jinoyat deb ko’rish, xorijdan mablag’ oladigan tashkilotlar faoliyatini cheklash va ommaviy namoyishlar o’tkazishni qiyinlashtirishga qaratilgan qonunlar ma'qullandi.

Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilchisi Jeffri Mankoff deydiki, bu o’zgarishlar Kreml nazorat tizginini mahkamroq tortayotganini anglatadi.

“Putin kamida kelasi olti yil hokimiyat cho’qqisida turadi, biroq u bu muddat davomida nima qilishi hech kimga ma’lum emas”,- deydi ekspert.

Rossiya rahbariyatining ta’kidlashicha, yangi o’zgarishlardan maqsad - qonli namoyishlarning oldini olish va xalq xavfsizligini ta’minlash.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG