Breaking News

Rossiya Qirg'izistonning qariyb yarim milliard dollarlik qarzidan kechmoqda


Local residents gesture, with a poster displaying Kyrgyzstan's Prime Minister and presidential candidate Almazbek Atambayev, in the village of Arashan outside the capital Bishkek October 26, 2011. Twenty candidates will vie for the presidency of Kyrgyzsta
Local residents gesture, with a poster displaying Kyrgyzstan's Prime Minister and presidential candidate Almazbek Atambayev, in the village of Arashan outside the capital Bishkek October 26, 2011. Twenty candidates will vie for the presidency of Kyrgyzsta
Kecha Qirg’izistonda navbatdagi qirg’iz-rus muzokaralari yakunlandi. Rossiya delegatsiyasiga hukumat raisi birinchi muovini Igor Shuvalov yetakchilik qilgan. Muzokaralar natijasida Kreml rasmiylari Qirg’izistonning 489 million dollarlik davlat qarzidan kechishga rozilik bildirdi. Shuningdek, yilning ikkinchi yarmida tomonlar yirik energetik loyihalar hamda harbiy sohada hamkorlik borasida yangi shartnomalarga imzo chekishi e’lon qilindi.

Rossiya Qirg’izistonning 489 milliyon dollar davlat qarzidan kechishga tayorligi kunning eng muhim yangiliklaridan biri bo’ldi. Bu haqda ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari muzokaralar so’ngida e’lon qildi.

Shuningdek, tomonlar Qambar-Ota-1 va yuqori Norin energetik inshootlari yangi shartnomalar borasida so’z yuritdi va aytilgan hujjatlar kelasi oy imzolanilishini xabar qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, delegatsiyalar harbiy sohada hamkorlik xususida yangi bitim tuzishga kelishib olgan. Tegishli hujjatlar yil oxirigacha imzolanishi aytildi.

Taniqli qirg’iz diplomati, sobiq davlat kotibi Ishenboy Abdrazaqov aytilgan masalalarni shunday sharhlaydi:

“Bu hammasi eski masalalar… Ular ko’p yillardan beri muhokama qilinib kelinyapti. Qarzga kelsak, o’z vaqtida berilgan mablag’dan samarali foydalanganimizda qarz bunchalik katta bo’lmas edi. Albatta, endi qarzdan kechayotgan tomon o’z shartlarini ham qo’yadi. Qambar-Ota GESi borasida ham biron nuqtai nazarga kelishgan bo’lsa nur ustiga nur. Chunki bu masala ham o’n yildan ziyod muhokama qilinmoqda”.

Darhaqiqat Moskva va Bishkek Norin daryosida yangi GESlar qurish xususida ko’p yillardan buyon so’z yuritib keladi. Avvalgi shartnomada tomonlar loyihada o’z qismlari tengma teng bo’lishiga kelishgan. Ammo keyinchalik rus tarafi o’z qismini ko’tarishga xohish bildirgan. Qator muzokaralar natijasida tomonlar pozitsiyasi yaqinlashgani ko’zga tashlanadi.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan
Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan
“Mustaqillik nu’qtai nazaridan foyda qanday taqsimlanishi, kimga qancha tegishi, boshqa masalalar alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, hozir Rossiyada iqtisodiy imkoniyatlar paydo bo’lganga o’xshaydi. Umuman olganda, bu ishni cho’zmaslik kerak, chunki biz bilan bu masalada hamkorlik qilmoqchi bo’lgan boshqa taraflar ham bor. Hamdo’stlik, birodarlik haqidagi so’zlarni amaliy ish bilan ispotlash kerak”, - deydi Qirg’iziston sobiq davlat kotibi Ishenboy Abdrazaqov.

Suhbatdosh nazarida, hozir bir narsaga amin bo’lish vaqti keldi – bu yana quruq so’zlarmi yoki amaliy ishning boshlanishimi.

Harbiy sohadagi hamkorlik borasida tayyorlanayotgan yangi hujjatlarga kelsak, mutaxassislarga ko’ra so’z, jumladan, birlashgan qirg’iz-rus harbiy bazasi haqida ketishi mumkin.

Tahlilchilar aytishicha, Rossiyaning Qirg’izistonda faollashuvida geostrategik vaziyat ta’siri ham seziladi. Ayrim mintaqa mamlakatlarining Moskva doirasidan uzoqlashishi Rossiyani Qirg’izistondagi manfaatlarini mustahkamlashga undayotir degan fikrlar ham mavjud.
XS
SM
MD
LG