Rossiyada qahraton qish lekin Moskvada o’nlab ming odam ko’chaga chiqib, yo hukumatni yoqladi yo unga qarshi namoyish qildi.
Bu namoyishlarning uchinchi to'lqini. 2011-yilning 4-dekabrida o'tgan parlament saylovlari ketidan avj olgan norozilik kayfiyati kun sayin kuchayib bormoqda.
4-martda prezidentlikka qayta saylanish umidida yurgan Bosh vazir Vladimir Putinning hokimiyatdan ketishini talab qilayotgan va o’zini demokratik harakat deb atayotgan tomonlar Rossiyada siyosiy erkinlik payti keldi deydi.
Qizil maydonda bugun, 4-fevral kuni, muxolifatdan 23 mingga yaqin odam yig’ilgan.
Putin tarafdorlari nazarida esa Rossiyani faqat undek qattiqqo’l va uzoqni ko’ra biladigan shaxs boshqarishi kerak.Ular Moskvaning g’arbiy qismida mitinglar o'tkazgan.
Bugun shaharda 90 mingga yaqin odam ko'chaga chiqdi, deya bildiradi shahar ichki ishlar boshqarmasi.
Ayrim namoyishchilar ishxonadan zo’rlab olib chiqilgani haqida shikoyat qilmoqda.
O’qituvchilar, hamshira va pochta xizmati xodimlari Putinni yoqlash uchun majburlanganini, muxolifatga qo’shilmoqchi bo’lgan yoshlar esa shanba kuni universitetga maxsus mashg’ulotlarga chaqirilganini aytmoqda.Demokratiya talabi bilan chiqqanlar Putindan muxolifat bilan gaplashishni talab qilmoqda. Ungacha namoyishlar tinmaydi va fuqaro ovozini hech kim o’chira olmaydi, deydi ular.
Moskvadan olingan video:
Sankt-Peterburgda Putinga qarshi namoyishlar: