Breaking News

Gastarbayterning oilasi zamon va turmush haqida nima deydi?


Gastarbayterning oilasi zamon va turmush haqida nima deydi?
Gastarbayterning oilasi zamon va turmush haqida nima deydi?

Rossiyada migrantlar masalasi bilan shug'ullanuvchi idoraga ko’ra, o’tgan yili O’zbekistondan 1 million 200 ming odam ish izlab bu mamlakatga borgan.

Tojikistondan 800 ming, Qirg’izistondan esa taxminan 382 ming. Bular hujjat bilan yurganlar.

Noqonuniy ishlab, vatandagi oilasini boqayotganlar soni bundan bir necha baravar ko’p bo’lishi mumkin. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Qirg’iziston aholisining taxminan 15-20 foizi Rossiya yoki Qozog’istonda gastarbayterlik qilmoqda.

O’shlik Manzura opaning o’g’li Haliljon ikki yil muqaddam Rossiyaga ko’chib ketgan. Mohir quruvchi qiynalmay ish topgan.

“O’g’lim, kelinim, nabiram Rossiyaga ketishgan. Hozir Kaliningrad shahrida istiqomat qilishadi. O’sha yerda yana bir farzandlik bo’lishdi. Rossiya fuqaroligini olishgan. O’g’lim bir zavodda ishlayapti, kelinim jijisi bilan ovora. Katta nabiram bu yil maktabga bordi. Avvallari ham o’g’lim Rossiyaga borib ishlab kelardi. Ammo fuqaroligi yo’qligidan ancha qiynalardi. Ba’zi paytlar ishlab topgan pullarini ololmay kelardi. Rossiyada ijtimoiy imtiyozlar, masalan, yangi tug’ilgan bolalar uchun nafaqalar berilar ekan. Biznikilar ham o’sha imtiyozlardan keng foydalanmoqda. Hali uchinchi farzand ko’rishsa uy uchun bepul yer ham berilarkan. Kelajak bor deb ketishdida”, - deydi Manzura opa.

2010-yil janubiy Qirg’izistonda yuz bergan millatlararo to’qnashuvdan keyin migrantlar soni yanada ko’paygan. Yoshlar, kattalar orasidan kasblilar mamlakatni tark etgan. Hozirda turli ma’lumotga ko’ra, 500 mingdan bir millionga yaqin qirg’izistonlik xorijda faoliyat ko’rsatadi.

Malika opaning o’g’li yosh shifokor. Rossiya markazidagi shaharlarning birida ancha obro’si baland.

“Uch farzandim bor. Kattasining kasbi shifokor. U hozirgi kunda oilasi bilan birga Rossiyada. O’z kasbi bo’yicha ishlab yuribdi. Ketganiga bir yarim yil bo’ldi. Oldinlari ham xorijga borib ishlab kelay, degan o’ylari bor edi. Keyinchalik Qirg’izistonda bo’lib o’tgan voqealar unga katta turtki bo’ldi shekilli”, - deydi suhbatdosh.

Gastarbayterning oilasi zamon va turmush haqida nima deydi?
Gastarbayterning oilasi zamon va turmush haqida nima deydi?

Kuz oxirida O’sh aeroportida Rossiyaning yetti mintaqasidan samolyot keti uzilmaydi. Mehnat muhojirlari qishki ta’tilga keladi. Ayrimlar o’zga yurtda ko’nikib qolganini, ildiz otganini aytsa, boshqalari vatanni qo’msashdan gap ochadi. Ammo ko’pchilik hozircha o’z taqdirini ko’proq xorij bilan bog’laydi.

“Farzandlarimning otasi o’lib ketgan. Shuning uchun katta o’g’lim bir ma’noda oila boshlig’i. Singlisi, ukasiga ota o’rnida ham moddiy, ham ma’naviy ko’mak ko’rsatishi kerak. Shu bois chetda qancha ishlasa ham, vaqti-soati kelib vatanda ham bo’lish kerak. Qaniydi, Qirg’izistonda ish bo’lsa, vaziyat yaxshi bo’lsa – kim o’zga yurtga ketardi, deysiz”.

“Ishlaylik, pul topaylik, farzandlarga yaxshu bilim beraylik, degan maqsadda ketishdi o’g’illlarimiz”, - deydi ota-onalar. “Yozgi ta’tilga kelishadi, albatta, ammo qaytib ketishadi. Axir, yumush bo’lmasa, ko’chada bemalol yurolmasang, dardingni birovga aytib, arz qilganing bilan foydasi bo’lmasa...”

“Bir tomondan, ketib yaxshi qilishdi, deysan goho. Ikkinchi tomondan, ular u yoqda bo’lsa, bizlar bu yoqda. Ayriliq, hijron, nabiralarni sog’inamiz, ularga to’y qilish kerak. Bizlar ayriliqda yashashga ko’nikmagan millat ekanmiz”, - deydi suhbatdoshlar.

Ular, asosan, oilalarning bo’linib qolayotgani, qarindoshlik rishtalariga putur yetayotganidan tashvishda. Kimdir shunday hayot, ya’ni globalizatsiya sharoitiga ko’nikish darkorligini urg’ulaydi.

O’g’iloy opaning barcha yaqinlari chetda. Opaning o’zi ham yoz oylarida o’sha joylarda ishlab keladi. U muhojirlar hayoti, intilishlaridan xabardor.

“Ko’pchilik migrantlar pul topayotgan o’lkaning fuqaroligiga o’tib, o’sha yerlarda qolib ketayapti. Lekin ular arosatda. Ikkinchi tarafi oilalar bo’linib ketayapti, bolalar tarbiyasi oqsayapti. Muhojirlar qaytib kelgan holda hamma narsani qaytadan boshlash kerak. Buning uchun vaqt kerak. Ammo hayot davom etayapti. Qozon har doim qaynab turishi kerakda”, - deydi O’g’iloy opa.

“Tinchlik-omonlik bo’lsin, yilda bo’lsada ko’rishib tursak bas”, - deydi aksar muhojirlar va ularning qarindoshlari. Hozirda bu tilak ko’pchilikning falsafasi bo’lib qolgan.

XS
SM
MD
LG