Moskvaning Qizil maydonida namoyishga chiqqan muxolifatchilardan 55 nafari politsiya tomonidan olib ketilgan. Sabab - ularning miting uchun ruxsat olmagani.
Faollar ommani oq lenta taqib, maydon atrofida aylanib, hukumatga qarshi shiorlar ko'tarib, amaldagi siyosat va may oyidan prezidentlikka keladigan Vladimir Putinni qoralashga undagan.
Politsiya bunga yo'l qo'ymagan. Maydon yopilgan, ko'chalar to'silgan va xaloyiq tarqatib yuborilgan.Muxolifat hukumatni fuqarolarning uzviy huquqlaridan biri, uyushish va arz qilish erkinligini buzayotganlikda ayblamoqda.
O'tgan oy prezident saylovlarida Putin g'olib chiqqanida oppozitsiya buni tan olmagan. Tuzum adolatsiz, ovozlar soxtalashtirilgan va repressiya kuchaymoqda, deydi faollar.