Breaking News

Rossiya prezident uchun ovoz berdi


Saylov oldidan Rossiya bo’ylab keng ko’lamli namoyishlar bo’lib o’tdi. Kreml siyosatidan, Putinning yana prezidentlikka saylanishidan norozi bo’lgan minglab fuqarolar ko’chalarga chiqdi.

Putin AQShni muxolifatni qo’llayotganlikda aybladi. Xavfsizlik xizmati bosh vazir hayotiga qasd qilmoqchi bo’lgan guruh fosh etilganini ma’lum qildi.

Bering bo’g’ozidan Alyaskagacha – Rossiya bo’ylab 200 ming ko’ngilli saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini kuzatdi.

Yana 600 ming odam mamlakatning 100 mingta saylov uchastkasida o’rnatilgan video kameralar orqali kuzatish uchun internetda ro’yxatdan o’tdi.

Muxolifat 2011-yilning 4-dekabrida o’tgan parlament saylovlari natijasi soxtalashtirilgan deb keladi. Unda Putinnig “Yedinaya Rossiya” partiyasi g’olib chiqqan edi.

Ayrim mutaxassislar hisobicha, dekabrgi saylovda “Yedinaya Rossiya” uchun ovoz berganlar soni aslida 20 foizga kamroq bo’lgan.

Saylov natijalarini noqonuniy deb, sudga murojaat qilganlarning bari yutqazdi. Kreml “Yedinaya Rossiya” kamroq ovoz to’plagan to’rt regionda gubernatorlarni ishdan bo’shatdi.

Norozilik namoyishi tashkilotchilaridan biri Nataliya Pelevin fikricha bugungi saylov natijalari ham soxtalashtirilgan.

“Saylov adolatsiz... Hokimiyatdagilar ochiq va adolatli saylov o’tkazishiga biz ishonmaymiz. Prezidentlikka nomzodlar orasida jiddiy bahslar ham bo’lmadi. Putin hech qaysi birida ishtirok etmadi”.

Payshanba kuni xorijiy jurnalistlar bilan uchrashgan Putin “2018-yilda yana bir olti yillik muddatga saylanish niyatidamisiz?” degan savolga javob bermadi.

Biroq odamlarni bezovta qilayotgan aynan shu, deydi Rossiya bo’yicha mutaxassis, amerikalik siyosatshunos Devid Setter.

Bu bilan mamlakatda eski amaliyot qayta tiklanadi – Kreml rahbarlari o’lgunicha hokimiyatdan ketmaydi, deydi olim.

“Putin yana bir bor prezident bo’lish niyatini e’lon qilganida, odamlar “u nihoyat hokimiyatdan ketganida men necha yoshda bo’laman”, deb sanay boshladi. Rejimning xalq irodasiga qarshi borishi, fuqarolar huquqlarining hisobga olinmayotgani jiddiy omilga aylandi, odamlarni namoyishlarga chiqishga majbur qildi”,- deydi Setter.

Muxolifat Putin g’alabasiga qarshilik tariqasida namoyish uyushtirmoqchi.

Mixail Proxorov - milliarder nomzod
Mixail Proxorov - milliarder nomzod
24 yoshli Olesya Shmagun internet-jurnal muharriri. Mixail Proxorov uchun ovoz berdi. Milliarderning o‘rta sinf orasida tarafdorlari ko’p.

Proxorov Moskva va Peterburgda Putindan keyin ikkinchi o’rinda, deydi Shmagun.

Balki Putin Proxorovning korrupsiyaga qarshi demokratik islohotlar haqidagi g’oyalariga quloq solar, deydi u.

Shmagun ham dushanba kuni namoyishlarga chiqmoqchi. Muxolifatning namoyishlardagi shiori – “4-mart yakun emas, boshlanish’.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG