Breaking News

Vladimir Putin: Rossiya kuchli armiyaga ega bo’ladi


Vladimir Putin: Rossiya kuchli armiyaga ega bo’ladi
Vladimir Putin: Rossiya kuchli armiyaga ega bo’ladi

Qo’shma Shtatlarni Rossiyaga nisbatan adovatda ayblab kelayotgan Bosh vazir Vladimir Putin yangi mudofaa byudjetini e’lon qildi.

28 ta submarina, 50 kema, 100 harbiy sun’iy yo’ldosh, 400 ballistik raketa, 500 vertolyot, 600 qiruvchi samolyot va 2300 ta tank… Bularning hammasi yangi byudjetga kiritilgan.

Amerika Yevropada mudofaa sistemasi o’rnatadigan bo’lsa, Rossiya “effektiv va kutilmagan” tarzda javob beradi, deya ogohlantiradi Bosh vazir Vladimir Putin.

Harbiylar bilan uchrashuvda Putin Sovet josuslarini maqtadi, sovuq urush paytida AQShning yadroviy sirlarini qo’lga kiritgan ular, deya olqishladi.

23-fevral, ona vatan himoyachilari kunida qilgan nutqida esa Vladimir Putin “hech kim bizga o’z irodasini o’tkaza olmaydi, chunki o’zimizning irodamiz mustahkam” deya minglab tarafdorlari oldida jar soldi.

Rossiya yana bir sovuq urushni boshlash arafasidami? Yo’q, albatta. Shunchaki saylov yaqinlashmoqda.

Vladimir Putin: Rossiya kuchli armiyaga ega bo’ladi
Vladimir Putin: Rossiya kuchli armiyaga ega bo’ladi
Prezidentlikka yetakchi nomzod Putin harbiy sanoatda ishlaydigan 250 ming fuqaroning ovoziga muhtoj.

Fyodor Lukyanov – “Xalqaro hayot” jurnalida Rossiya haqida yozadi.

“Hukumat keltirayotgan raqamlar-rejalar amalga oshmaydigan narsa. Xomxayol. Ijtimoiy sohadagi xajaratni ancha kesishga to’g’ri keladi”, - deydi Lukyanov.

Rejaga ko’ra, kelasi 10 yilda Rossiya mudofaa uchun ikki baravar ko’p mablag’ ajratadi. Hozir neft narxi osmonda emasmi, barreliga 125 dollar. Vladimir Putinning saylov kampaniyasi uchun ayni muddao.

Ammo iqtisodchilar fikricha, aholisi keksayib borayotgan Rossiya bu daromadning katta qismini armiyaga sarflashi kaltabinlik bilan barobar. Kreml tanklar sotib olgandan ko’ra, pensiyalarni vaqtida bergani ma’qul, deydi ular.

Aleksey Kudrin, 11 yil moliya vaziri bo’lgan arbob, aynan shu masalada kelisha olmay o’tgan yili ishdan ketdi. Mudofaa uchun shuncha mablag’ sarflash ahmoqlik, deydi u.

Vladimir Putin: Rossiya kuchli armiyaga ega bo’ladi
Vladimir Putin: Rossiya kuchli armiyaga ega bo’ladi
Lekin agar Vladimir Putin prezident etib saylsansa, deydi siyosatdonlar, Aleksey Kudrin bosh vazir bo’lib hukumatga qaytishi mumkin.

Jurnalist Fyodor Lukyanov Rossiya iqtisodiyoti tabiiy resurslar eksportiga asoslanganini eslatadi.

“Daromad kamaysa hukumat barcha sektorlarda xarajatni kamaytirishga majbur bo’ladi. Boshqa yo’l yo’q”.

Amerikaning harbiy sohada Rossiya bilan raqobat qilish, qurol poygasiga qatnashish niyati yo’q. Yaqinda o’tkazilgan ommaviy so’rovda “AQShning birinchi raqamli dushmani kim” deb so’rashsa, amerikaliklarning atigi 2 foizi Rossiya deya javob bergan.

XS
SM
MD
LG