Rossiyada prezident Vladimir Putinga qarshi haqoratli chiqishlari uchun qamalib, yaqinda amnistiyaga tushgan qo’shiqchi qizlar hukumatga yana tanqid toshlari otmoqda.
“Pussy Riot” ansamblining vakilalari Mariya Alyoxina va Nadejda Tolokonnikova hafta boshida qo’yib yuborilgan edi.
Tolokonnikovaning aytishicha, Kreml odamlarni qamoqdan chiqarib, fevral oyidagi Olimpiya o’yinlaridan oldin obro’sini yaxshilamoqchi.
U xalqaro hamjamiyatni bu musobaqalarni boykot qilishga undamoqda.
Ikkisi fuqarolik jamiyatining himoyasi, qamoqdagi sharoitni yaxshilash yo’lida kurashish istagini bildirmoqda.
"Pussy Riot" ansambli o’tgan yili cherkovga kirib olib, Putinga qarshi qo’shiqlar kuylagani uchun ushlangan edi.
Rossiya hukumati e’lon qilgan amnistiya natijasida, shu oy, 10 yil qamoqda o’tirgan biznesmen Mixail Xodorkovskiy, ikki oy oldin norozilik namoyishida qatnashib hibsga olingan tabiatparvar faollar, Grinpis tashkiloti tarafdorlari turmadan chiqdi.