Breaking News

NATO Rossiya Suriyaga qurol, askar jo'natayotganidan xavotirda


Rossiyaning S-300 rusumli raketa sistemasi. Moskva shunday aslahani Suriyaga uzatib keladi
Rossiyaning S-300 rusumli raketa sistemasi. Moskva shunday aslahani Suriyaga uzatib keladi

Qo'shma Shtatlar va NATO Rossiyaning Suriyaga tobora ko'p qurol-aslaha va askar yetkazayotgani haqidagi xabarlardan xavotirda.

AQSh mudofaa rasmiylarining "Amerika Ovozi"ga aytishicha, Rossiya Suriyaga qurol-yarog' uzatmoqda.

Davlat kotibi Jon Kerri masalani Rossiya Tashqi ishlar vaziri sergey Lavrov bilan telefonda muhokama qilgan.

Agar bu xavotirlar asosli bo'lsa, Rossiyaning harbiy aralashuvi Suriyada zo'ravonlik va qon to'kilishlarini yanada avj oldirishi mumkin, deydi Amerika rasmiylari.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham tashvishda. "Mojaroni hal qilishga to'sqinlik qilishi aniq bu", - deydi u. Ixtilofga siyosiy yechim topish kerak, deydi u.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, Rossiya harbiy ekspertlari Suriyada, rus qurol-aslahasidan foydalanishni o'rgatmoqda.

Rossiya, deydi u, Suriya bilan harbiy-texnikaviy hamkorligini hech vaqt yashirgan emas. Bu davlatni shartnoma asosida qurol va boshqa aslaha bilan ta'minlash kelamiz, deydi Zaxarova.

Uning aytishicha, Suriya armiyasiga yetkazilayotgan rus aslahasi mamlakatda va qo'shni Iroqda terroristlar hamlalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Reyter axborot agentliginin yoritishicha, Rossiya qurolli kuchlari Suriyada armiyani qo'llab-quvvatlovchi mashqlarda qatnasha boshlagan. Bir necha harbiy mutaxassis hozirning o'zida Suriyada.

Bu orada, Rossiya matbuotiga ko'ra, Eron rus samolyotlariga o'z hududidan o'tishga va Suriyaga parvoz qilishga ruxsat bergan.

Bolgariya esa Rossiya samolyotlarini kiritishga ijozat bermayapti. Avval Bolgariya bu samolyotlarda nima borligini tekshirishi kerak va shundagina Suriyaga o'tishi mumkin, deydi rasmiylar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG