Breaking News

Rossiya: Qrim azaldan bizniki edi, hech qachon qaytarmaymiz


Moskva
Moskva

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bayon qilishicha, Qrim azaldan rus mulki bo'lgan va hech qanday bosim yoki sanksiya uni bu mulkdan voz kechishga unday olmaydi.

Amerika Rossiyani Ukraina hududini xalqaro qonunlarga zid ravishda egallab olganlikda, bu xalq tinchligini buzganlikda, ukrain yerlariga o'z harbiylarini yuborib, u yerdagi separatist kuchlarni quvvatlayotganlikda va boshqa qator qora ishlarda ayblab, moliyaviy sanksiyalar qo'ygan.

Oq uy amaldagi cheklovlarni yanada kuchaytirmoqda. Ukrianadagi mojaroda qo'li borligi gumon qilingan 24 shaxs va kompaniya nishonda.

Yevropa Ittifoqi va Kanada ham sanksiyalarni oshirib, Amerika bilan hamnafas ekanini eslatib turibdi.

AQSh Kongressi Ukrainaga 350 million dollarlik harbiy yordam uzatishni ma'qullagan.

Iqtisodi bag'oyat zaiflashgan Rossiya nazarida Vashingtonning bunday qadamlari tinchlikka yetaklamaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG