Breaking News

Rossiya AQSh bilan ilmiy hamkorlikka chek qo'ymoqchi


Xalqaro fazo stansiyasidan olingan surat
Xalqaro fazo stansiyasidan olingan surat
Ukraina masalasida G’arb va Rossiya o’rtasidagi kelishmovchilik ilmiy aloqalarga ham soya solmoqda. Kuni kecha Kreml Rossiya hududida joylashgan AQSh navigator kuzatuv markazlarini yopishi haqida ogohlantirdi.

AQSh sun’iy yo’ldoshlari asosida faoliyat yurituvchi “GPS” markazlarini yopish haqidagi qaror bilan bir qatorda, boshqa sohalardagi ilmiy aloqalarga ham yakun yasalmoqda.

Bosh vazir o’rinbosari Dmitriy Rogozinning aytishicha, Moskva Rossiyada ishlab chiqarildigan raketa motorlarining AQShga eksport qilinishiga ham taqiq qo’ymoqchi. Unga ko’ra, 4 yilgacha xalqaro fazo stansiyasi bo’yicha mavjud hamkorlikka ham chek qo’yiladi.

Rossiyada AQShning 11 ta “GPS” markazi mavjud bo’lib, ularning 1-iyundan boshlab o'z faoliyatini to’xtatishi kutilyapti. Ushbu stansiyalar sun’iy yo’ldoshdan qabul qilib olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda ishlatiladi.

Rossiya ham “GLONASS” deya ataluvchi sun’iy yo’ldosh kuzatish tizimiga ega bo’lib, AQSh hududida ham bir necha “GPS” markazlarini qurish niyatida. Ammo Vashington shu paytgacha bunga ruxsat bermagan.

Agar bu masalada 1-sentabrgacha kelishuvga erishilmasa, Rossiya o’z hududidagi barcha AQSh “GPS”larining faoliyatini butunlay to’xtatishi haqida ogohlantirgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG