Breaking News

Obama "Ukraina ozodligini qo'llab-quvvatlash" qonunini imzolashi kutilmoqda


People celebrate the summer solstice at the Kokino megalithic observatory, near the city of Kumanovo, Macedonia.
People celebrate the summer solstice at the Kokino megalithic observatory, near the city of Kumanovo, Macedonia.

Oq uyning bildirishicha, Prezident Obama Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni o'z ichiga oluvchi hujjatni imzolashi kutilmoqda. "Ukraina ozodligini qo'llab-quvvatlash" deb nomlangan qonun loyihasi o'tgan hafta Senatda qabul qilingan. Unda Ukrainani yengil qurol va harbiy anjom bilan ta'minlash ko'zda tutilgan. Shu maqsadda Kongress 350 million dollar ajratmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Kiyevga tankka qarshi qurollar, o'q-dori, zirhli jilet, razvedkachi dronlar beriladi. Sanksiyalar Rossiyaning mudofaa va energetika sohalarini nishonga oladi. Ukraina, Gruziya, Moldova yoki Suriyaga qurol sotgan yoki uzatgan Rossiya kompaniyalari jazoga tortiladi.

Qonundagi choralar ijro uchun majburiy emas. Biroq, deydi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest, prezident unga imzo chekib, zarurat tug'ilsagina ishga solmoqchi.

Qo'shma Shtatlar Kremlni Ukraina sharqida isyonchilarni qo'llab-quvvatlayotganlikda ayblab keladi. NATO va yevropalik kuzatuvchilar isyonchilarga ilg'or qurollar uzatilganini, ularning safida rossiyalik harbiylar jang qilayotganini ta'kidlab keladi. Kreml by da'volarni inkor etib, dalil keltirishni talab qilmoqda.

Jahon bozorida neftning arzonlashishi va Ukrainadagi vaziyat yuzasidan G'arbning Moskvaga qarshi qo'llagan sanksiyalari natijasida Rossiyada iqtisodiy o'sish sekinlashgan.

Bugun rubl qiymati bir oz ko'tarilgan. Hukumat uning yanada qadrsizlanishiga qarshi chora ko'rishini bildirgan, xususan rublni barqarorlashtirish uchun rezerv jamg'armadan xorijiy valyuta pullanadi.

Bugun rubl kursi besh foizga ko'tarilib, bir AQSh dollari 64 rublga sotilmoqda. Hafta boshida dollar 80 rublgacha ko'tarilib, rekord ko'rsatkich o'rnatilgan edi. Joriy yilda Rossiya milliy valyutasi dollar va yevroga nisbatan 60 foizga qadrsizlangan.

Kecha Markaziy bank foiz stavkasini 10,5 foizdan 17 foizga ko'targan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG