Breaking News

Rossiya AQSh bilan narkosavdoga qarshi kurashdan bosh tortdi


Rossiya Qo’shma Shtatlar bilan narkotiklarga qarshi hamkorlikka doir bitimdan chiqdi. Bosh vazir Dmitriy Medvedev bugun shu mazmundagi farmonni imzolagan. Unda aytilishicha, hujjat eskirgan, bugungi muammolarni hal etishga ojizlik qiladi.

So’nggi paytda AQSh va Rossiya ayrim yo’nalishlardagi hamkorlikni to’xtatmoqda. Bir necha kun burun AQSh Rossiya bilan fuqarolik jamiyatlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ishchi guruhidan chiqdi. Davlat departamentiga ko’ra, Rossiya hukumati so’nggi paytda fuqarolik jamiyati faoliyatini keskin cheklab qo’ygan.

Oktabr oyida AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi Rossiyadan haydalgan edi. Kreml uni muxolif guruhlarni moliyalab, Rossiya ichki ishlariga aralashganlikda ayblagan.

O’tgan yili Qo’shma Shtatlar inson huquqlarini buzganlikda ayblangan Rossiya rasmiylariga nisbatan moliyaviy va viza sanksiyalarini o’z ichiga olgan qonun qabul qilgan. Shundan so’ng Rossiya parlamenti amerikaliklarga bu mamlakatdan bola boqib olishni man qildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG