O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga qilgan rasmiy safari davomida hamkorlikni rivojlantirishga doir bir nechta hujjat imzolandi. Uchrashuvlar ketidan o’tkazilgan matbuot anjumanida Vladimir Putin O'zbekiston bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega desa, Islom Karimov e'tiborni mintaqa xavfsizligiga qaratdi.
14-aprel kuni Moskvaga borgan Islom Karimov o’z tashrifini “Noma’lum soldat” yodgorligiga gulchambar qo’yishdan boshladi.
Ertasiga u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yopiq eshiklar ortida gaplashgan.
Putin Rossiya uchun O’zbekiston mintaqada muhim sherik ekani, Rossiya O’zbekiston imkoniyatlaridan yaxshi xabardorligi va shunga muvofiq ravishda o’zaro hamkorlikni rivojlantirish lozim deb aytgan.
Rossiya prezidenti sha’niga maqtovlar yog’dirgan O’zbekiston prezidenti Afgo’nistondagi vaziyatdan tashvish bildirgan va mintaqa barqarorligini ta’minlashda Rossiya muhim o’ringa ega ekanini ta’kidlagan.
Islom Karimov va Vladimir Putin o’rtasidagi muzokaralar tafsiloti shu ma’lumotlar bilan cheklanadi. Kuzatuvchilar Moskvadagi bu uchrashuvning murakkab kechishini taxmin qilayotgan edi.
Jurnalistlar uchun berilgan ma’lumot tahlili tomonlarning mintaqadagi ziddiyatlarni hal qilish masalasida murosa yo’lini topmaganidan darak beradi. Rossiya matbuotining diplomatik manbalarga tayanib xabar berishicha, muzokaralardagi asosiy mavzu suv to’g’onlari bo’yicha mintaqada yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatni muhokama qilish edi.
O’zbekiston qarshiligiga uchrab kelayotgan mintaqadagi yirik GES loyihalari Rossiya moliyasi evaziga tiklanishi kutilmoqda. Shu bois bu ziddiyatlarni Rossiya va O’zbekiston prezidentlari uchrashuvida muhokama qilinishiga umid bildirilayotgan edi. Ammo davlat rahbarlari jurnalistlarga bergan ma’lumotda bu mavzuni tilga olinmagan.
Bu bo’shliq Rossiya va O’zbekiston o’rtasida 2017-yilgacha mo’ljallangan hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik dasturi, o’zaro investitsiyalarni rag’batlantirish, madaniy dasturlar bo’yicha hamkorlikni kuchaytirish kabi bitimlar imzolanishi bilan to’ldirilgan.
Ekspertlar O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi bugungi siyosiy munosabatlar o’ta ehtiyotkorlik bilan olib borilayotganiga ahamiyat qaratishadi.
“Rossiyadagi siyosiy doiralarda O’zbekiston bilan aloqalar yuzasidan ikki xil qarash mavjud. Bir tomon O’zbekiston allaqachon G’arb tomonga yuz burganini ta’kidlaydi va buning asosiy sababi sifatida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi bilan bog’liq vaziyatni misol keltiradi. Boshqa tomondagi qarashlarga ko’ra, Toshkentning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasidan chiqishi obyektiv sabablar bilan bog’liq. Chunki O’zbekiston bilan munosabatlar rivojlanishda davom etmoqda, ayniqsa, harbiy hamkorlik masalasida O’zbekiston Rossiya ta’sir doirasida qolmoqda”, - deydi mintaqa bo’yicha ekspert Vitaliy Volkov.
Islom Karimovni Rossiyaga safari 75 yoshli prezidentning kasal ekani haqidagi xabarlar ortidan amalga oshdi. Karimov safari davomida Putinni O’zbekistonga taklif qilgan.