Breaking News

Irqchilik, bezorilikka o'rin yo'q, deydi rossiyaliklar


Rossiya futboli va irqchilik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00

Jahon chempionatini ko'rish uchun minglab futbol ishqibozlari Rossiyaga tashrif buyurmoqda, jumladan, Janubiy Amerika va Afrikadan. Diskriminatsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilotlar Rossiyada irqchilik va gomofobiya oddiy hol, deya ogohlantirmoqda.

Moskvaliklarni metinday mustahkam deyishadi. Ammo lotin musiqasi odamlarni yaqinlashtiradi. Rossiya poytaxtida Argentina an’anaviy raqsi, tango darslariga yozilayotganlar ko’p.

"Vaqt o’tkazish, aloqa qilish, ishonchni shakllantirish falsafasi bu”, - deydi tango o'qituvchisi Yelena Klimova.

Bu ko’nikmalar stadionda ham kerak. Rossiyada o’tayotgan Jahon chempionatiga Janubiy Amerikadan yuzlab ming ishqibozlar keladi.

“Ularni kutyapmiz, yaxshi ko’ramiz. Qaynoq his-tuyg’ularini olib kelishsin”, - deydi tangoni o'rganayotgan Konstantin Ledovskiy.

Moskvadagi mana bu restoran futbol muxlislarini, jumladan, Argentinadan keladigan mehmonlarni kutyapti. Bosh oshpaz Emmanuel Navvaro ularni faqat bir savol qiziqtiradi, deydi.

“Bu galgi chempionatda Lionel Messi qanday o’yin ko’rsatadi? Muhimi shu”.

Jahon chempionati - futbol qatorida madaniyatlar festivali hamdir. Ammo xilma-xillik hamma joyda ham iliq qarshi olinmaydi. Fransiya bilan o’yinda rus futbol ishqibozlari qora tanli o’yinchilarni haqorat qilgani uchun FIFA o’tgan oy Rossiya Futbol Uyushmasiga 30 ming dollar jarima soldi. Juda oz, deydi faollar.

“Ashaddiy millatchilar stadionlarni to’ldirgani, o’yin paytida ochiqchasiga irqchilikka xos xatti-harakatlar qilinganini ko’rganmiz. Shu bois Rossiya futboli ko’pchilikni o’ziga tortmaydi”, - deydi irqchilikka qarshi kurashuvchi "Fare Network" tashkiloti rahbari Piara Povar.

Aziz Kamara Sankt-Peterburgda yashaydi, asli Malidan. Mahalliy jamoada to’p suradi. Xavotirga hojat yo’q, deydi u.

“Rossiyaga ko’chib kelishimdan oldin bu mamlakatda irqchilik qanot yozgani haqida ko’p eshitganman. Rossiyani ko’p jihatdan yopiq o’lka deyishardi. Ammo kelib, shuning teskarisiga guvoh bo’ldim. Meni ochiq chehra bilan kutib olishdi”, - deydi Kamara.

Boshqalar esa ehtiyotkor. Angliyalik qora tanli futbolchi Denni Rouz ota-onasiga Rossiyaga bormaslikni tayinlagan.

Britaniya qonunchilari futbol ishqibozlariga Britaniya bayrog’ini ochiqdan-ochiq namoyish qilmaslikni so’ramoqda. 2016-yilda Fransiyadagi to’polonlarni ko’pchilik yaxshi eslaydi.

Rossiya hukumatiga ko’ra, irqchilik va bezorilikka toqat qilinmaydi. Aksar rossiyaliklar mamlakat turli madaniyatlar uchun ochiq ekanini aytishmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG