Breaking News

BMT: Tarixiy Shahrisabz xavf ostida


Shahrisabz
Shahrisabz

BMT qoshidagi Jahon merosi qo'mitasi O'zbekistondagi Shahrisabz shahrini xavf ostidagi tarixiy shaharlar ro'yxatiga kiritdi. Shaharni odobonlashtirish va ko'rkamlashtirish maqsadida qilinayotgan ishlar uning tarixiy qiyofasini buzayotgani aniqlangan. Ma'lum bo'lishicha, Shahrisabzda boshlangan qurilish va ta’mirlash ishlari YUNESKO bilan kelishilmagan holda amalga oshirilgan.

Qo'mitaning 13-iyul kungi yig'inida 2000 yillik tarixga ega Shahrisabzning temuriylar davrida qurilgan Eski shahar qismida sayyohlar uchun infratuzilma barpo etish maqsadida olib borilayotgan ishlar tarixiy obidalarga zarar yetkazayotgani tilga olindi.

“Shahrisabz markazida zamonaviy bino va mehmonxonalar qurish shaharning qadimiy qiyofasini butunlay o'zgartirib yuboradi”, deyiladi qo'mita rasmiy bayonotida.

Jahon merosi qo'mitasi YUNESKOdan Shahrisabzdagi tarixiy obidalarga yetkizilgan zarar ko'lamini baholash va tuzatish uchun ko'riladigan chora-tadbirlarni tavsiya qilish maqsadida O'zbekistonga maxsus ekspertlar guruhini yuborishni so'ragan.

Qadimgi ipak yo'li bo'yida joylashgan Shahrisabz 14-15-asrlarda Kesh mintaqasining madaniy va siyosiy markazi bo'lgan. U 2000-yilda Jahon merosi qo'mitasi tomonidan dunyodagi tarixiy shaharlar ro'yxatiga kiritilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG