Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga bostirib kirib, odamlarni o’qqa tutgan va olti odamning boshini yegan shaxs - 40 yoshli Veyd Maykl Peyj, sobiq harbiy. Politsiya uni yaralagach, Peyj o’z joniga qasd qilgan. Uch kishi og’ir yarador. Xalq qayg’uda.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar xotirlanmoqda. Marosimda minglab odamlar, jumladan, Adliya vaziri Erik Xolder va Viskonsin gubernatori Skott Voker ishtirok etgan.
Tadbir oldidan ibodatxona devorlari qon izlaridan tozalandi. O’lganlar 39-84 yoshlar oralig’ida.
“Prakash Singx, 39 yoshda edi”.
Fojia, tabiiyki, dillarni vayron qildi…
“Ranjit Sinx, 49 yoshda edi”.
Xarprit Singx ko’z yoshini tutib turolmadi. O’lganlardan biri, ibodatxona rahbari uning qarindoshi edi.
“Satvant Singx Kaleka, 62 yoshda”.
“Ustozim, xonadonim ustuni edi. Hayotimda muammo bilan yuzlashsam, yaxshi maslahat bilan qo’llab yuborgan. Oyoqqa turg’izdi, otamday edi”, - deydi u.
Toat-ibodat qilinadigan bir dargohda xunrezlik ro’y berganiga aql bovar qilmaydi, deydi Singx.
Mutasaddilar falokatga turtki bergan sabablarni aniqlashga harakat qilmoqda. Dastlabki taxmin shuki, jinoyatchi nafrat hissi bilan yongan. Hujumni sodir etgan Veyd Maykl Peyj 40 yoshda edi, sobiq harbiy. Qatliom kuni, o’sha yerning o’zida politsiya uni yaralagach, Peyj o’z joniga qasd qilgan.
Federal qidiruv byurosi xodimi, agent Teresa Karlsonning aytishicha, bu - mahalliy terrorizm:
“Mahalliy terrorizm deganda ijtimoiy yoki siyosiy maqsadda qurol, zo’ravonlikni ishga solish nazarda tutiladi. Peyjning harakatlarida shu alomatlar bor”.
Tergov davom etar ekan, Xarprit Singx o’tmishda ham nafrat bilan bog’liq jinoyatlar guvohi bo’lganman, deydi. Bari shundoq ko’z oldida:
“11-sentabr fojeasidan bir kun o’tib, ro’y berdi bu voqea. Taksi haydar edim. Mashinamni uyim oldiga qo’yar edim. Kechasi kimdir oynalarini sindirib, g’ildiraklarini tilib tashlabdi”.
Jahl-nafratdan nima foyda, deya so’raydi Singx. Yaxshisi sikxlar haqida o’qib bilishsin. Kimlar ular? Nimaga e’tiqod qiladi? Nimani xohlaydi? Shuni tushunsin, deydi u.
Amerika huquq faollari bir jamiyatmiz, bir davlatning ajralmas a’zolarimiz, deya eslatadi. Adliya vaziri Erik Xolder hujumni qoraladi.
“Sikxlar sikx bo’lgani uchun, tashqi ko’rinishi, e’tiqodi uchun yer qilindi. Xato bu. Chidash mumkin emas bunga va jim qarab turish mumkin emas”, - deydi vazir.