Breaking News

Amerikada vatandoshning qo'llab-quvvatlovi bebaho

Vashingtonda Turkiy xalqlar va Amerika Uyushmasida kechgan tadbirda Tojikiston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Ozarbayjon va Turkiyaning muhojir jamoalaridan vakillar fikr almashdi.
Vashingtonda Turkiy xalqlar va Amerika Uyushmasida kechgan tadbirda Tojikiston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Ozarbayjon va Turkiyaning muhojir jamoalaridan vakillar fikr almashdi.

Amerikaga endi ko’chib kelgan muhojir ko’nikib ildiz otishi uchun vaqt va yordam zarur. Avvalo vatandoshlar madadiga muhtoj. Til o’rganish, turar joy topish, ta’lim va ish, asosiy hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarida ko’mak kerak. Oziga xos jamoalar hosil bo'ladi va ular ildiz otgan sari Amerika jamiyati va siyosatiga ham ta’sir o'tkaza boshlaydi.

AQShda vatandoshning qo'llovi bebaho-Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:34 0:00
Yuklab oling

Global diaspora haftaligi munosabati bilan Vashingtonda Turkiy xalqlar va Amerika uyushmasi (Turkic American Alliance) Tojikiston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Ozarbayjon va Turkiya vakillarini bir davraga yig'di.

Vladimir Fedorenko Vashingtondagi Tojik-Amerika madaniy uyushmasini (Tajik American Cultural Association) boshqaradi. Uning aytishicha, chetga chiqqan har bir vatandosh millati va dinidan qat’i nazar, o’z yurtining madaniy elchisiga aylanadi. “O’zimdan misol”, - deydi u.

Fedorenkoning tashkiloti doirasida siyosiy, mafkuraviy to’siqlardan xoli muloqot qilish imkoni bor. Uyushmaning asosiy vazifasi - Amerikaga endi kelgan oilalarning moslashishiga yordamlashish, yurt sog’inchi bilan yuzlashganda dalda bo’lish, tojik madaniyatini tanitish, yoshlarga bilimli va ishli bo’lishda maslahat berish.

Tojik-Amerika jamoasi o’tgan yili yosh olimlar forumini tashkil qilgan. Tojikistonlik studentlar, mutaxassislar va tadbirkorlar o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Amerikada yashash, o’qish; biznes ochib, muvaffaqiyat qozonish yo’llarini muhokama qildi.

“Odam odamdan o’rganadi va bu anjuman ham fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat edi. Men gaplashgan aksariyat yosh tojikistonliklar bir xil xato qiladi: avval o’qishni bitirib diplomimni olay, nima qilishni keyin o’ylayman, deyishadi. Vaholanki, Amerikada odam amaliyot o’tashi, vaqtida tavsiyanomalar olib, tanishlar doirasini kengaytirishi muhim. Odam strategik o’ylashni, uzoqni ko’zlab rejalashni bilishi kerak”, - deydi Fedorenko.

Narimon Utemissov Texas shtatida qozoq jamg’armasini (Shanyraq Kazakh Foundation) yuritadi. Talabalar va mutaxassislarni birlashtirgan madaniy va ma’rifiy nodavlat tashkiloti.

Boshqa davlatlardan kelayotgan aksariyat muhojirlar kabi qozoqlar Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles va Boston tevaragida ko’p sonni tashkil qiladi, deydi u. Texas shtati va poytaxt Vashington atrofida ham ular anchagina. Texasning Xyuston shahrida qozog’istonlik talabalar ko'p, deydi Utemissov.

Qozoq jamiyatining salmoqli loyihalari sirasiga Utemissov “Kazakh Sunday schools” - til maktablarini kiritadi. Bolalar yakshanba kunlari u yerda qozoq tili, madaniyati, raqslarini o’rganadi, milliy musiqa asboblarini chalishni mashq qiladi. Bundan tashqari, talabalar uchun Amerika bo’ylab va Qozog’istonga safarlar tashkil qilinadi.

Narimon Utemissov qozoqlar jamiyati hozirgidan faolroq bo’lishini xohlaydi va uning jamg’armasi Vashingtonda ham idora ochishni mo’ljallab yuribdi.

“Amerika Ovozi” O’zbek xizmati jurnalisti Navbahor Imamova ishi bois Qo’shma Shtatlardagi o’zbeklar va markaziy osiyoliklar bilan doimiy aloqada. Ular hayotini televideniye, radio va internetda muntazam yoritib keladi.

Muxbirning aytishicha, boshqa muhojirlar kabi o’zbeklar ham Amerikaga yaxshiroq hayot va imkoniyat izlab keladi.

O'zbeklar tarixi o'ziga xos bir kitob, deydi Navbahor Imamova.

“Xususan, Vashingtonda 1950-yillarda “Amerika Ovozi” O’zbek xizmatining ochilishida va uning faoliyatida AQShdagi o’zbeklar muhim rol o'ynagan”, - deydi u.

Jurnalist Amerikadagi o’zbeklarni uchga bo’ladi: 20-asrning o'rtalaridan boshlab Afg’oniston, Turkiya va Yevropadan ko’chib kelganlar; rusiyzabonlar yoki Sovet davri immigrantlari va nihoyat, mustaqillikdan keyin kelgan o’zbeklar.

O'zbeklar soni haqida rasman biror ma'lumot mavjud emas, lekin 250-300 ming deb taxmin qilinadi. O'tgan o'nyillikda har yili 3-4 ming o'zbekistonlik doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi "Green Card" (grin karta) lotereyasi yutib, bu davlatga kelmoqda.

O’zbeklarning eng yirik jamoasi Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida yashaydi. Nyu-Yorkda, masalan, Bruklin tumanida "Kichik O'zbekiston" vujudga kelgan, deya hikoya qiladi Imamova.

Bugun Amerikada o’zbek axborot vositalari bor. "Vatandosh" nufuzli gazetaga aylangan. Uning ortida Vatandosh O'zbek-Amerika Federatsiyasi degan tashkilot turibdi. Kengayish va taraqqiy etish uchun istak yetarli. Faqat harakatdan to'xtamaslik kerak.

Chikagoda bir necha yildan beri O'zbek-Amerika Uyushmasi faoliyat yuritadi. Illinois, Pensilvaniya, Merilend, Florida, Texas, Kaliforniya va Vashington shtatlarida ham grin karta yutib kelgan o'zbeklar ko'p.

2005-2006-yillardan beri Missuri, Ogayo, Arizona va Tennissi singari shtarlarda siyosiy muhojirlar ko'paydi. Ular ham astalik bilan o'ziga xos jamoalarga aylanmoqda.

Sietl va Toshkent, Santa Fe va Buxoro birodar shaharlar sifatida madaniy rishtalarga ega. Sietl yuzlab o'zbekistonliklarga yangi vatan.

Markaziy Osiyodan kelgan immigrantlar bilan suhbatlarda, deydi jurnalist, eng ko'p yangraydigan fikr bu - muloqotni jonlantirish kerak, faolroq bo’lish kerak. Lekin hozircha aksariyat immigrantlar o'z tirikchiligi, oilasi va professional hayoti bilan band. Ular oyoqqa turgan sari jamoa ham kuchayib boradi.

Hammaning xohishi har xil, deydi Navbahor Imamova. Siyosiy muhojirlar AQShdan turib O’zbekistondagi siyosiy jarayonlarga ta’sir qilishni ko’zlaydi. Grin karta bilan kelganlar asosan bola-chaqasini o'ylaydi va siyosatdan uzoqda yuradi. Vashington atrofida yashovchi faol va intiluvchan yoshlar, shuningdek, ularning boshqa katta shaharlardagi yurtdoshlari esa har sohada kuch-qudratga to’lish umidi bilan yashaydi.

Arman, ukrain yoki yahudiylar kabi jipslashgan jamoalardan farqli o’zbeklar, umuman, markaziy osiyolik muhojirlar tarqoq, deb hisoblaydi jurnalist. Ular Amerikada diasporaga aylanishi, siyosatga ta’sir qila olishigacha hali ko’p ishlar qilinishi kerak, deydi u.

Davra suhbatni tashkil qilgan Turkiy xalqlar va Amerika uyushmasi 2010-yilda tuzilgan. Yuzlab immigrant jamoalarni, madaniy, biznes, ta’lim markazlarini birlashtiradi.

"Turkiy xalqlar va Amerika o’rtasida ko’prikmiz", - deydi tashkilot rahbari Faruh Taban.

Muhokamani ingliz tilida tinglashingiz mumkin:

Elshan Rasulov, TAA staff for Azeri Community
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:04 0:00
Yuklab oling
Aizada Azhymbekova, MBA candidate at Virginia International University
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:49 0:00
Yuklab oling
Almaz Kurbanow, Turkmen research fellow at University of Cincinnati; Dr. Faruk Taban, president of the Turkic American Alliance
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:09 0:00
Yuklab oling
Navbahor Imamova, International broadcaster at VOA, Uzbek service
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:57 0:00
Yuklab oling
Nariman Utemissov, director of the Shanyraq Kazakh Foundation
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:09 0:00
Yuklab oling

Vashingtonda o'tgan davra suhbati, Turkiy xalqlar va Amerika Uyushmasi, 14-oktabr, 2014

Vashingtonda o'tgan davra suhbatida, Turkiy xalqlar va Amerika Uyushmasi, 14-oktabr, 2014

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG