Breaking News

Axborot texnologiyasidan bepul bilim beradigan maktab


Amerikada minglab ish o’rinlari hanuz bo’sh, chunki ish beruvchilar malakali xodim topolmay xunob. Yaxshi pul to’laydigan bu joylarga yollanish uchun universitetni tamomlash shart emas. Bir nodavlat tashkilot mutaxassis topishning ajoyib usulini kashf etdi.

Axborot texnologiyasidan bepul bilim beradigan maktab
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

Nyu-York shahrining Bronks tumanidamiz. Per Scholas kompyuter maktabida Rodolfo Herreraning darsi ketayapti. Herrera o’zi ham shu maktabni bitirgan.

“Talabalarga yangi usul-texnologiyani o’rgatayapman. Softver bilan ishlashni bilishlari kerak. Shunda xaridorga tejamli, yaxshi ishlaydigan, sifatli mahsulotni yetkazib berishadi. Bugun yuqori texnologiya sohasi shu qadar jadal ketayaptiki, studentlar shunga mos ishlashni bilishlari kerak”, - deydi muallim.

Per Scholas lotin tilida “ma’rifat ila” degan ma’noni beradi. Amerika bo’ylab maktabning beshta bo’linmasi bor. Yiliga 700 dan ziyod bola o’qiydi. 400 nafari Nyu-Yorkda.

“Kollejdagi o’qish moslashuvchan emas, hozirgi davrga qarab tezda o’zgara olmaydi. Per Scholas da esa o’qish nihoyatda zamonaviy. Sakkiz haftalik darslarni bitirgan student ishga shundoq tayyor bo’ladi”, - deydi Jessika Vayt, maktab rasmiysi.

O’qish - bepul. Xarajatlarni xususiy firma, korporatsiyalar va hukumat ko’taradi. Talabalar aqlli, zukko.

“O’zimga sarmoya kiritayapman”, - deydi Kimberli Tomas, student.

“O’zim o’qigan sohadan umuman boshqa sohaga kirayapman. Yangi karyera bu. Avval tibbiyotda edim va IT sohasiga ishqim tushgan edi. Tibbiyotdagi bilimim ITda qo’l keladi”, - deydi Maja Abdulrahim.

Kasbiy malaka bo’yicha izlanishlar muallifi Shonsi Lennonning aytishicha, Maja talab eng katta ikki sohani egallayapti: sog’liqni saqlash va axborot texnologiyasi.

Uning izlanishlaridan ayonki, Nyu-Yorkning o’zida sog’liqni saqlash sektorida o’rta lavozimdagi 25 ming ish o’rni bo’sh turibdi. IT sohasida esa 81 ming ish joyi hanuz egasini topmagan. Kelasi to’rt yilda bu raqam oshishi kutilmoqda. Har ikki sohada maosh yaxshigina.

“Odamlarga qiyin, albatta. Zarur malakaga ega bo’lish, har doim bilimni charxlab borish osonmi? Biz, tadqiqotchilar ish beruvchilardan ularning talablarini aniqlashga, qanday mutaxassislarga va ko’nikmaga ehtiyoj katta ekanini aniqlashga harakat qilayapmiz, - deydi ekspert”.

Per Scholas maktabining bitiruvchilari ularga talab borligini biladi.

Talaba qiz Kimberli Tomas boshida oddiy amaliyot o’tashga, oddiy shogird bo’lib tushishga ham tayyor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG