Breaking News

"Google"ning yangi kashfiyoti bahslarga sabab bo'lmoqda


"Google Glass" ko'zoynagini birinchi bo'lib kompaniya asoschilaridan biri Sergey Brin sinab ko'rgan.
"Google Glass" ko'zoynagini birinchi bo'lib kompaniya asoschilaridan biri Sergey Brin sinab ko'rgan.
Google kompaniyasi eng yangi kashfiyoti – “Google Glass” nomli ko’zoynakni savdoga chiqardi. AQSh bo’ylab saralab olingan xaridorlar texnologiyani sinab ko’rmoqda. Undan keyin mahsulot ommaviy bozorga chiqariladi. Ammo kashfiyot hozirdan tanqidga uchramoqda.

"Google"ning yangi kashfiyoti ustida bahslar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00
Yuklab oling

Professor Marsha Dokins “Google Glass” haqida eshitganida quyidagi xayolga bordi:

“Auditoriyada, dars berayotganimda ishlataman, deb o’yladim. Balki shaxsiy hayotimda ham”.

Dokins ko’zoynakdan foydalanayotganiga bir oy bo’ldi. Uni ta’tilda yurganida ishlatib ko’rdi… U orqali Tailanddagi opasi bilan gaplashdi. U ko’rayotganlarini ayni vaqtda talabalari bilan ham bo’lishishi mumkin.

“Men semestr boshida talabalarga men sizlarni ko’rsam, demak, siz ham meni ko’ra olasiz, deyman. Ular esa kompyuter ortida bizni hech kim ko’rmaydi, deb o’ylaydi”.

Professor “Google Glass”dagi videodan o’qish jarayonida foydalanish niyatida. Ammo yangi texnologiyani tanqid qilayotganlar ham yo’q emas.

Deylik, u videoga olayotganda odamlar bundan xabardor bo’lsa, hech qanday muammo yo’q. Ammo zimdan video tasvirga tushirish fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashishni anglatadi, deydi tanqidchilar.

Jon Simpson - xaridorlar huquqini himoya qiluvchi tashkilot rahbari.

“Bu texnologiya odamlarni zimdan kuzatish va videoga olish imkonini beradi”.

Google kompaniyasiga ko’ra, bu xavotirlar inobatga olingan.

“Kamera yoki videoni ishga tushirish uchun qo’lingiz bilan harakat qilish yoki ovoz bilan muayyan so’zlarni aytish kerak. Masalan, men knopkani bosaman-da, “Ko’zoynak, rasmga ol”, deya buyruq beraman. Mana bu yerida tugmasi bor. Uni bosganimda kamera yoki video ishlay boshlaydi. Yoki qo’limni qimirlatganimda. Demak, atrofdagilar video ishlayotganini biladi,” - deydi kompaniya vakili Kris Deyl.

Ammo YouTube-da joylashtirilgan mana bu video muallifi Kris Barrett odamlarni zimdan videoga tushirish oson, deydi. Ko’zoynak yordamida bir kishining hisbga olinishiga hamma guvoh bo’ldi.

Mayk Dijovanni suratga olishning yangi yo’lini o’ylab topdi. Buning uchun faqat ko’zni yumib ochish kifoya. Xakerlar ko’zoynak yordamida istagan odam yuzini tasvirga tushirib, uning shaxsini aniqlash va u haqida barcha ma’lumotni to’plash yo’llarini ham topgan. Google kompaniyasi biz bunga ruxsat bermaganmiz, deydi. “Consumer Watchdog” tashkilotidan Jon Simpson fikricha esa, masala shu qadar jiddiyki Kongress aralashmasa bo’lmaydi.

“Qonunlarni qayta ko’rib chiqib, o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi,” - deydi u.

Professor Marsha Dokins bu tanqidlarni va daxlsizlik masalasini auditoriyada talabalari bilan muhokama qilmoqchi… “Google Glass”dan foydalangan holda.

Antiqa ko'zoynak sinov ostida/Google Glass
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG