Breaking News

BMT bosh kotibi Janubiy Sudan rahbarlarini murosaga chaqirmoqda


Janubiy Sudan armiyasi askarlari Jubada, 20-dekabr, 2013-yil
Janubiy Sudan armiyasi askarlari Jubada, 20-dekabr, 2013-yil
Birlashgan Millatlar Tashkiloti zo’ravonlikka cho’mgan Janubiy Sudanda barqarorlikni tiklash uchun u yerga qo’shimcha 5500 tinchlikparvar askar jo’natishga va umumiy qo’shinlari sonini 14 mingga yetkazishga qaror qildi.

BMT rahbari Pan Gi Munning aytishicha, ularni safarbar etish uchun vaqt kerak.

"Ungacha esa hokimiyat talashayotgan tomonlar o’tirib, gaplashishi kerak", - deydi bosh kotib.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiirni va uning yozda ishdan bo’shatilgan o’rinbosari Rik Macharni muzokara boshlashga va o’zaro ixtilofni tugatishga chaqirdi.

Machar muzokaraga tayyorman, lekin oldin qamoqdagi muxolifat yetakchilari ozod etilsin, demoqda.

Kecha Bentiu shahrida ommaviy qabr topilgan. BMT ma’lumotiga ko’ra, unda bedarak ketgan 75 askarning jasadi bo’lishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG