Breaking News

Obidxon qori tarafdorlari adolat talab qilib namoyishga chiqdi


Obidxon Nazarov 2006-yildan beri Shvetsiyada yashaydi
Obidxon Nazarov 2006-yildan beri Shvetsiyada yashaydi
Shvetsiyada taniqli imom Obidxon qori Nazarovga uyushtirilgan suiqasdni puxta tekshirish va jinoyatchilarni jazolash talabi bilan bugun dunyoning bir necha shaharlarida piketlar o’tkazilmoqda.

Shvetsiyaning Britaniya, AQSh, Turkiya, Gollandiya va Avstraliyadagi elchixonalari oldida yig’ilgan faollar jinoyatdan bir yil o’tib ham uning ijrochilari qo’lga olinmaganidan norozi.

“Biz Obidxon qori akani hurmat qilgan barcha insonlarni bu tadbirda ishtirok etib, qori akaning insoniy haqlaridan birini ado etishga hamda zolimlarning bu turdagi jinoyati davom etmasligi uchun bu tadbirga befarq bo’lmaslikka chaqiramiz”, - deyiladi “Amerika Ovozi” ga yo’llangan bayonotda.

Faollar Shvetsiya hukumatidan tergov tafsilotlarini jamoatchilikka ma’lum qilish, shuningdek, siyosiy qochqinlar xavfsizligini yaxshiroq ta’minlashni so’rab keladi.

AQSh poytaxti Vashingtonda Shvetsiya elchixonasi oldida ham bir guruh o’zbeklar adolat talabi bilan aksiya o’tkazmoqda. Piketda qatnashgan Ahmadjon Rahimov “Amerika Ovozi” bilan suhbatda quyidagilarni bayon qildi:

Aksiya qatnashchisi Ahmadjon Rahimov
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:37 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG