Breaking News

Damashqda ketma-ket portlashlar, o'nlab odam o'lgan


Bugun Suriya poytaxti Damashqning ikki joyida bomba portlagan. 27 kishi o’lgani haqida xabarlar bor. Davlat matbuotiga ko’ra, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.

Xurujlarda ichki ishlar va razvedka idorasi nishonga olingan.

Damashqdan olingan tasvirlardagi manzara dahshatli - vayron bo’lgan imoratlar, yonib ketgan mashinalar va tilka pora bo’lgan jasadlar.

Portlashlar kimning ishi ekani mavhum, lekin Suriya hukumati unda terrorchilarni ayblamoqda. Terrorchi deb Bashar al-Assad odatda muxolif kuchlarni, unga qarshi qo’zg’algan fuqarolarni nazarda tutadi.

Suriyadagi so'nggi xurujlar

  • 17-mart, 2012: Damashqda xavfsizlik boshqarmasi nishonga olindi. Ikki portlash 27 insonning hayotiga zomin bo'ldi.
  • 10-fevral, 2012: Aleppo shahrida xavfsizlik xizmat idorasi yonida portlash. 28 kishi halok bo'ldi.
  • 6-yanvar, 2012: Damashqda bir maktab va politsiya idorasi oldida bombalar portladi. 26 kishini hayotdan olib ketdi.
  • 23-dekabr, 2011: Damashqda ikki avtomobil portlatildi. 44 kishi o'ldi.

Hims va Idlib viloyatlari bo’ylab hukumat kuchlari muxolifatga qarshi hujumlarni davom ettirmoqda.

Bir yil oldin boshlangan qo’zg’olon hali ham tinmagan. Shu kungacha 8000 dan oshiq odam o’ldi, deya bildiradi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, aksariyati armiya o’qidan.

BMT Suriyaga maxsus guruh yuborib, vaziyatni sarhisob qilib, balki xalqaro kuzatuvchilar komandasini yuboramiz deya o’ylanmoqda.

Arab Ligasi va BMTning Suriya bo’yicha vakili Kofi Annan o’tgan hafta Damashqqa borib, Bashar al-Assadni xalqqa qarshi harbiy kuch ishlatmaslikka undadi, lekin muzokaradan biror samara bo’lmadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG